Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Ro‘zada to‘g‘ri ovqatlanishning oltin qoidalari

© Sputnik / Mediabankka o‘tishRamadan v Kazaxstane
Ramadan v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2023
Obuna bo‘lish
Ramazon oyida to‘g‘ri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Sog‘liqni saqlash mutaxassislari tomonidan berilgan tavsiyalar bilan quyida tanishing.
O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Ramazonda sog‘lom ovqatlanish va oshqozon ichak tizimi salomatligini saqlash uchun qator tavsiyalarni berdi.
1. Taomlanishni xurmodan boshlang.
Xurmo — bu ro‘za paytida kun davomida energiya bilan ta’minlaydigan uglevodlarning manbai hisoblanadi. Xurmo mevasi tolalari ovqat hazm qilish traktini ishlashini tartibga soladi. Bundan tashqari, xurmo magniy va kaliyga boy.
2. Ko‘p miqdorda suv iching
Ayniqsa issiq havoda tanangizni suv bilan ta’minlash uchun yetarli miqdorda suv ichish juda muhimdir. Kun davomida chanqamaslik uchun og‘iz ochilgandan keyin va saharlikdan oldin yetarlicha suv iching. Ovqatlanish uchun ruxsat berilganda 8 stakan suv ichishga harakat qiling.
3. Chanqatadigan ovqatlar va mahsulotlardan saqlaning
Tuzli ovqatlar, konservalar, tuzlangan bodringlar, baliqlardan saqlaning. Bundan tashqari, ziravorlarga boy ovqatlardan saqlaning, chunki ular sizda chanqoq hissini chaqiradi. Ko‘proq meva va sabzavotlarni iste’mol qiling, ular organizmning suv zaxiralarini yangilaydi va to‘ldiradi.
4. Sekin, shoshmasdan iftorlik qiling
Uzoq muddatli ochlikdan so‘ng, tanaga katta miqdordagi oziq-ovqat tushishi – stressdir. Mo‘’tadil bo‘lishga harakat qiling, iftorni xurmo, suv bilan boshlang, keyin sho‘rva, salat yeyishingiz mumkin. Bir muncha vaqt o‘tgach, asosiy taomga o‘ting. Ortiqcha ovqatlanish ovqat hazm qilishda muammolar va oshqozon og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.
Iftorni iliq sho‘rva bilan boshlash ro‘za tutgandan keyin eng yaxshi ovqat bo‘lib, organizmning ozuqaviy moddalarini to‘ldiradi va tanani og‘irroq ovqatlar uchun tayyorlaydi.
5. Taomingizda barcha kerakli nutriyentlar mavjudligiga ishonch hosil qiling
Iftorda oqsillar, sabzavotlar, yormalar, mevalar va foydali yog‘lar kabi ovqatlar bo‘lishi kerak.
6. Sog‘lom ovqatlarni tanlang
Ratsioningizda don, yormalar, tovuq go‘shti, yog‘siz go‘sht, baliq, zaytun moyi va mevalar bo‘lishi kerak. Qovurilgan, sho‘r va yog‘li ovqatlardan saqlaning. Go‘sht, dukkaklilar, tuxum va sut mahsulotlari oqsilga boy. Ushbu oziq-ovqat mahsulotlaridan kamida bittasini har kuni iste’mol qilishingiz kerak.
7. Shirinliklardan saqlaning
Iftordan keyingi shirinliklar qorinda gaz to‘planishiga sabab bo‘ladi va ovqat hazm qilishni buzadi. Bundan tashqari, u qondagi glyukoza miqdorini oshiradi, bu esa shirinliklarga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshiradi. Shuning uchun iftorlikdan 2–3 soatdan keyin shirinliklarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shirinliklarni foydaliroq mahsulotlarga: xurmo, quruq mevalar, shirin mevalar bilan almashtirish kerak.
8. Qahva (kofe) ichishdan tiyiling
Ramazon oyida bosh og‘rig‘i va uyqusizlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun qahva ichishni kamaytirishga harakat qiling.
9. Iftorlik va saharlik orasida yengil tamaddi qilib olish
Asosiy ovqatlanishni uch qismga bo‘lish va iftorlik va saharlik orasida yengil tamaddi qilib olish tavsiya qilinadi. Uchdan bir qismi murakkab uglevodlar, uchdan biri yog‘siz go‘sht yoki baliq, qolganlari esa sabzavot bo‘lishi kerak. Bu sog‘lom muvozanatli ovqatlanish bo‘ladi.
© SputnikRekomendatsii Ramadan uzb
Rekomendatsii Ramadan uzb - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2023
Rekomendatsii Ramadan uzb
Yangiliklar lentasi
0