O‘zbekiston U18 xokey jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi

© IIHFXokkey Chempionat Azii i Okeanii U18
Xokkey Chempionat Azii i Okeanii U18 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2023
Obuna bo‘lish
Final bahsida O‘zbekiston BAA terma jamoasi ustidan 8:1 hisobida g‘alaba qozondi!
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekistonning xokkey bo‘yicha U18 terma jamoasi Osiyo va Okeaniya chempioni bo‘ldi.
Final bahsi 17-mart kuni BAA terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbenkistonlik yosh xokkeychilar 8:1 hisobida g‘alaba qozondi!
© IIHFXokkey Chempionat Azii i Okeanii U18
Xokkey Chempionat Azii i Okeanii U18 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2023
Xokkey Chempionat Azii i Okeanii U18
Ushbu o‘yinda Albert Dadaxadjayev xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Abduqayum Abduvosiqov, Ilya Popov, sardor Jasurbek Rustamxonov, Timur Kamolov va Said-Ahmad Rahmatullayevlar bittadan shayba kiritishdi.
Qayd etish joizki, oldingi o‘yinlarda O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Eron, Tailand, Mo‘g‘uliston va Turkmaniston jamoalariga qarshi o‘yinlarda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0