Osiyo Kubogi U20 finali o‘yini chiptalari necha pul?

© UFAUzbekistan - Yujnaya Koreya AFC U20 1/2 final
Uzbekistan - Yujnaya Koreya AFC U20 1/2 final - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2023
Obuna bo‘lish
Yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo Kubogi final uchrashuvi uchun chiptalarni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni kassalari yoki maxsus sayt orqali xarid qilish mumkin.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionati final o‘yini chiptalari narxi 25-300 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Poytaxtdagi “Bunyodkor” stadionida 18-mart kuni soat 19:00da Osiyo Kubogi U20 finali bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik futbolchilar Iroq terma jamoasi bilan to‘qnash kelishadi.
O‘yin chiptalarini “Bunyodkor” stadioni kassalari yoki maxsus sayt orqali xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 1-mart kuni O‘zbekistonda U20 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi start oldi. Ushbu turnir jamoalarning 2023-yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmasini ta’minlaydi.
O‘zbekiston terma jamoasi 15-mart kuni Janubiy Koreya terma jamoasini mag‘lub etib, yoshlar o‘rtasidagi turnir finaliga yo‘l oldi.
Yangiliklar lentasi
0