https://oz.sputniknews.uz/20230316/ozbekistonda-quyoshli-mahalla-tanlovi-otkaziladi--32945709.html
O‘zbekistonda “Quyoshli mahalla” tanlovi o‘tkaziladi
O‘zbekistonda “Quyoshli mahalla” tanlovi o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
“Quyoshli mahalla” tanlovining bosh sovrindori elektromobil bilan taqdirlanadi.
2023-03-16T09:03+0500
2023-03-16T09:03+0500
2023-03-16T10:01+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tanlov
elektromobil
quyosh elektrstansiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0b/29902756_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_cade511738df1e0505551d997c6c7bb8.jpg
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekiston bo‘ylab “Quyoshli xonadon” nomli yirik dastur ishga tushmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.Mamlakat Vazirlar mahkamasining 2023-yil 14-martdagi farmoyishi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2023-yilda respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.Ushbu dastur asosida O‘zbekiston hududlarida 36,6 mingta aholi xonadonlarida umumiy kuvvati 182,1 MVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatiladi.“Quyoshli mahalla” tanlovi g‘oliblari quyidagi tartibda mukofotlanadi:Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biri bo‘yicha:Tanlov 15-martdan 1-iyunga qadar o‘tkaziladi. U Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, mahalla (qishloq, ovul) fuqarolari yig‘inlari miqyosida o‘tkaziladi hamda 14 ta hududning har biri bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0b/29902756_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_10d02d243e4a95a74f36337c6e706e27.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tanlov elektromobil
o‘zbekiston tanlov elektromobil
O‘zbekistonda “Quyoshli mahalla” tanlovi o‘tkaziladi
09:03 16.03.2023 (yangilandi: 10:01 16.03.2023) “Quyoshli mahalla” tanlovining bosh sovrindori elektromobil bilan taqdirlanadi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekiston bo‘ylab “Quyoshli xonadon” nomli yirik dastur ishga tushmoqda. Bu haqda O‘zA
xabar berdi. Mamlakat Vazirlar mahkamasining 2023-yil 14-martdagi farmoyishi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2023-yilda respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.
Ushbu dastur asosida O‘zbekiston hududlarida 36,6 mingta aholi xonadonlarida umumiy kuvvati 182,1 MVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatiladi.
Shuningdek, dastur doirasida quyosh panellarini o‘rnatish va undan foydalanishni jadallashtirish hamda ushbu ishlarni rag‘batlantirish maqsadida “Quyoshli mahalla” tanlovini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
“Quyoshli mahalla” tanlovi g‘oliblari quyidagi tartibda mukofotlanadi:
respublika bo‘yicha bosh sovrin - bazaviy hisoblash mikdorining 1 200 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi elektromobil.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biri bo‘yicha:
1-o‘rin - BHMning 400 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 10 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimi o‘rnatib beriladi;
2-o‘rin - BHMning 200 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 5 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimi o‘rnatib beriladi;
3-o‘rin - BHMning 100 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 3 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimi o‘rnatib beriladi.
Tanlov 15-martdan 1-iyunga qadar o‘tkaziladi. U Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, mahalla (qishloq, ovul) fuqarolari yig‘inlari miqyosida o‘tkaziladi hamda 14 ta hududning har biri bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.