Mirziyoyev Turkiyada Erdog‘an bilan uchrashdi
07:33 16.03.2023 (yangilandi: 10:03 16.03.2023)
© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiMirziyoyev Erdog‘an bilan uchrashdi
© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining rivojlanish sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Anqara shahriga kelgach, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati Mirziyoyev Erdog‘an bilan uchrashdi
Mirziyoyev Erdog‘an bilan uchrashdi
© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Mirziyoyev Turkiya yetakchisiga ushbu mamlakatning janubi-sharqiy muzofotlarida o‘tgan oyda ro‘y bergan vayronkor zilzilalar munosabati bilan shaxsan chuqur hamdardlik bildirdi. Jabr ko‘rgan muzofotlarni qayta tiklash va yangi infratuzilmani barpo etish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
Turkiya prezidenti, o‘z navbatida, O‘zbekiston prezidenti va xalqiga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ko‘rsatgan birodarlik yordami, qutqaruv ishlaridagi faol ishtiroki va jabrlanganlarga insonparvarlik ko‘magi uchun yana bir bor samimiy minnatdorlik bildirdi.
© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati Mirziyoyev Erdog‘an bilan uchrashdi
Mirziyoyev Erdog‘an bilan uchrashdi
© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Turkiy davlatlar tashkilotining 16-mart kuni o‘tadigan favqulodda sammiti tashkilotdagi mamlakatlar o‘rtasidagi hamjihatlik va birodarlik rishtalarining yorqin ifodasi bo‘lishiga ishonch bildirildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining rivojlanish sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.
© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati Mirziyoyev Erdog‘an bilan uchrashdi
Mirziyoyev Erdog‘an bilan uchrashdi
© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi, shu jumladan Strategik sheriklik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbarlarining uchrashuvi har doimgidek ochiq, ishonchli va do‘stona muhitda o‘tdi.
© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati Mirziyoyev Erdog‘an bilan uchrashdi
Mirziyoyev Erdog‘an bilan uchrashdi
© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Yakunda Turkiya respublikasi vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.