https://oz.sputniknews.uz/20230316/endi-bolani-chet-davlatda-nazoratsiz-qoldirish-javobgarlikka-sabab-boladi-32946756.html
Endi bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish javobgarlikka sabab bo‘ladi
Endi bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish javobgarlikka sabab bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.
2023-03-16T09:31+0500
2023-03-16T09:31+0500
2023-03-16T12:55+0500
jamiyat
qonun
bola
qarovsiz bolalar
prezident
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1004/55/10045500_0:75:2550:1509_1920x0_80_0_0_8e981457955b0495182e6f0358817d6a.jpg
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Endi bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, O‘zbekiston fuqaroligiga ega bolani ota, ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish:Shunga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ko‘pi bilan 30 kunlik muddat belgilanib, sud ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs zimmasiga bolani chet davlatdan O‘zbekistonga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish majburiyatini yuklaydi.Shuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa yoxud bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda O‘zbekistonga qaytarilishini ta’minlamaslik 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.Ushbu normalar mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1004/55/10045500_52:0:2508:1842_1920x0_80_0_0_d3708897cdd4364d517cb96ad1bef959.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident bola qonun
Endi bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish javobgarlikka sabab bo‘ladi
09:31 16.03.2023 (yangilandi: 12:55 16.03.2023) Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Endi bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali
xabar berdi. Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.
Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, O‘zbekiston fuqaroligiga ega bolani ota, ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish:
BHMning 10 baravaridan 50 baravarigacha (3 mln so‘mdan 15 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ko‘pi bilan 30 kunlik muddat belgilanib, sud ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs zimmasiga bolani chet davlatdan O‘zbekistonga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish majburiyatini yuklaydi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa yoxud bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda O‘zbekistonga qaytarilishini ta’minlamaslik 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
O‘sha qilmish og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, uni sodir etgan shaxs 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Ushbu normalar mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.