Rossiya "Msta-S" gaubitsalari qanday ishlayotganini ko‘rsatdi — video

Obuna bo‘lish
"Msta-S" - o‘ziyurar quroli kuniga o‘nlab marta o‘q otish joylari va yashirinish joylarini o‘zgartiradi.
TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi "Msta-S" o‘ziyurar gaubitsalari UQK pozitsiyalarida qanday zarba berayotganini ko‘rsatdi.
O‘ziyurar qurollar kuniga o‘nlab marta o‘q otish joylari va yashirinish joylarini o‘zgartiradi. Vazirlik ta’kidlashicha, bunday taktika dushmanni chalg‘itadi.

"Jamoamiz paydo bo‘lganiga bir yil bo‘ldi va o‘tgan davr ichida bir bir jonu bir tan bo‘lib ishlashni o‘rganib oldik. Har bir kishi o‘z vazifasini yaxshi biladi, ishini a’lo darajada va ko‘tarinki ruhda bajaradi. Hammamiz G‘alaba umidi bilan ishlamoqdamiz", - deydi to‘p komandiri.

Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0