O‘zbekiston — Janubiy Koreya o‘yinini qayerda jonli efirda tomosha qilish mumkin?

© O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiFutbol muhlislari
Futbol muhlislari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 15-mart kuni Osiyo kubogi yarimfinalida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekistonda futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi unda yarimfinal bosqichiga yetib keldi. Mezbonlar final oldidan Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.
O‘yinni qanday qilib jonli efirda ko‘rish mumkin?
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi bahslarini "Uzreport" telekanali jonli efirga uzatmoqda. Muxlislar O‘zbekiston — Janubiy Koreya o‘yinini ham ushbu telekanal orqali 15-mart 19:00 dan boshlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, musobaqaning YouTube’dagi sahifasiga barcha o‘yinlarning umumiy sharhi — xavfli vaziyatlar va gollar videolari joylanib bormoqda. O‘yindan so‘ng "xaylayts"larni ushbu platformada tomosha qilish imkoni mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogining final bahsi 18-mart kuni "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0