TrAMP - Rossiyaning yangi uchuvchisiz apparati - video

Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi 250 kg yukni 600 km masofaga olib boruvchi uchuvchisiz apparatni sinovdan o‘tkazmoqda.
TOShKENT, 14 mar - Sputnik. TrAMP (transport aviatsiyasining ko‘p funksiyali platformasi) - Rossiyaning yangi transport droni yerdagi sinovlardan o‘tdi.
Yuk tashishga mo‘ljallangan ushbu uchuvchisiz apparat 600 km dan ortiq masofaga 250 kg gacha yukni yetkazib berishga qodir. Yangi dron sig‘imi 2650 litr bo‘lgan katta yuk bo‘limiga ega bo‘lib, u yuklarni ma’lum bir nuqtada parashut yordamida tushirish imkoniga ega.
Uchuvchisiz apparatning doimiiy tezligi 195 km/soat, parvoz balandligi - 3 km. Yangi prototipning birinchi parvozi aprel oyiga rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0