O‘zbekistonlik diplomatlar Rossiya universitetida o‘qiyotgan yoshlar bilan uchrashdi

© "Dunyo" AAO‘zbekistonlik diplomatlar Rossiya universitetida o‘qiyotgan yoshlar bilan uchrashdi
O‘zbekistonlik diplomatlar Rossiya universitetida o‘qiyotgan yoshlar bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2023
Obuna bo‘lish
Shuningdek, universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Denis Butnar bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari I.M. Sechenov nomidagi birinchi Moskva Davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Muloqot chog‘ida talabalarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, yoshlar siyosati, jumladan, tibbiyot sohasida yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar, asosiy qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mohiyati va ahamiyati, ularning ijtimoiy yo‘nalishi, kiritiladigan o‘zgartirishlar umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishi haqida ham fikr yuritildi.
Diplomatlar talabalarning konsullik va huquqiy ko‘mak olishlari imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Denis Butnar bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarning yuqori ilmiy ko‘rsatkichlari va ularning universitet tomonidan olib borilayotgan loyihalarga faol jalb etilayotgani qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0