“Uzbekistan Airways”ga yangi rahbar tayinlandi

© “Uzbekistan Airways” AJ Shuxrat Xudaykulov
Shuxrat Xudaykulov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qaroriga ko‘ra, 10-mart kuni kompaniya boshqaruv raisi etib Xudaykulov Shuxrat Shavkatovich tayinlandi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi etib Shuxrat Xudaykulov tayinlandi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Uzbekistan Airways yagona aksioneri – O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qaroriga ko‘ra, 10-mart kuni kompaniya boshqaruv raisi etib Xudaykulov Shuxrat Shavkatovich tayinlandi.
Shuxrat Xudaykulov 1984-yil 26-iyul kuni Urganch shahrida tug‘ilgan. Sankt-Peterburg davlat fuqaro aviatsiyasi universitetining “Aviatsiya tashuvlarini tashkil etish” mutaxasisligini tamomlagan.
Xudaykulov 2006-yil “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK jamoasida o‘z faoliyatini “Toshkent” halqaro aeroportining aviatashuvlarini tashkil etish agenti sifatida boshlagan.
2006-2019 yillar oralig‘ida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKda turli lavozimlarda, jumladan aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalari, milliy aviakompaniyaning sotuvlar departamenti direktori sifatida faoliyat yuritgan. 2019-yildan “Uzbekistan Airways” AJda tijorat va turizm bo‘yicha Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangiliklar lentasi
0