Shahrisabzdan Samarqandga tezurar yo‘lovchi poyezdi harakati qo‘yiladi

© AO "Jeleznie dorogi Uzbekistana"Prigorodniy poyezd jeleznix dorog Uzbekistana
Prigorodniy poyezd jeleznix dorog Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2023
Obuna bo‘lish
"Shahrisabz — Samarqand — Shahrisabz" yo‘nalishida tezurar yo‘lovchi poyezdi harakati 20-martdan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. "Shahrisabz — Samarqand — Shahrisabz" yo‘nalishida tezurar yo‘lovchi poyezdi harakati qo‘yildi, deya xabar berdi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 20-martdan boshlab har kuni yangi 07/08-sonli "Shahrisabz — Samarqand — Shahrisabz" yo‘nalishida tezurar yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Harakat jadvali quyidagicha:
7-sonli "Shahrisabz — Samarqand" yo‘nalishi: Shahrisabz soat 07:03 — Samarqand soat 10:54.
8-sonli "Samarqand — Shahrisabz" yo‘nalishi: Samarqand soat 17:52 —Shahrisabz soat 21:22.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Shahrisabz – Qarshi – Samarqand” yo‘nalishiga elektr poyezdi qo‘yilib, yo‘lovchi oqimi oshirilishi ma’lum qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0