Madaniyat va turizm vazirligi Markaziy Osiyoda eng yaxshi turizm vazirligi deya e’tirof etildi

© Ministerstvo kulturi i turizma Ministerstvo kulturi i turizma priznano "Ministerstvom turizma goda v Sentralnoy Azii"
Ministerstvo kulturi i turizma priznano Ministerstvom turizma goda v Sentralnoy Azii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2023
Obuna bo‘lish
Madaniyat va turizm vazirligi Germaniyada “Markaziy Osiyodagi yilning eng yaxshi turizm vazirligi” nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Madaniyat va turizm vazirligi Germaniyada “Markaziy Osiyodagi yilning eng yaxshi turizm vazirligi” deya e’tirof etildi.
Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan “PATWA International Travel Awards 2023” yillik tadbirida O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi “Markaziy Osiyodagi yilning eng yaxshi turizm vazirligi” nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofotni Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov qabul qildi.
Mukofot aviatsiya, mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari va operatorlari, sayyohlik yo‘nalishlari, davlat idoralari, vazirliklar, xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar kabi turizmni rivojlantirishda ishtirok etgan shaxslar va tashkilotlarga beriladi.
Tadbirda 7 mingdan ortiq jurnalist, eksponent va 180 mamlakatdan sayyohlik sohasidagi mutaxassislar ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, "PATWA" har yili dunyodagi eng yirik sayohat yarmarkasi hisoblangan "ITB Berlin" ("Internationale Tourismus-Börse Berlin") doirasida " PATWA International Travel Awards" tadbirini tashkil qiladi.
Berlinda 7–9 mart kunlari o‘tkazilgan “ITB Berlin” turizm ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi namoyish etildi.
Yangiliklar lentasi
0