Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi — ro‘yxat

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2023
Obuna bo‘lish
Bugun Toshkentning 4 ta tumanidagi qator tabiiy gaz iste’molchilarida soat 10:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Bugun Toshkentning Yashnobod, Mirobod, Bektemir va Uchtepa tumanlarining ayrim joylarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar berdi.
Qayd etilishicha, yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlarida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli soat 10:00 dan 17:00 ga qadar qator tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Yashnobod tumanida
2-Tolariq va Bunyodkor ko‘chalarida gaz bosimi pasayadi;
Farg‘ona va O‘zBUM ko‘chalaridagi 6 ta ko‘p qavatli uylardagi 160 ta aholi xonadonlarida;
Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi 20 ta uy xo‘jaligida;
O‘zBUM ko‘chasi 4 ta ko‘p qavatli uydagi jami 100 ta aholi xonadonlarida;
“Assalom sohil” mavzesidagi 4 ta ko‘p qavatli uydagi jami 620 ta aholi xonadonlarida;
“Obod makon” MFYdagi 21 ta ko‘p qavatli uydagi 1 100 ta aholi xonadonida;
“A.Yassaviy”, “Boysun”, “Ma’rifat”, ”Shirinobod” MFYlari hududidagi 3500 ta aholi xonadonida gaz bosimi pasayadi;
Baku ko‘chasida shisha sexi, “Jo‘rabek” MFY hududidagi issiqxona.
Mirobod tumani
“Fayzobod” va “Oq Uy” MFYlaridagi jami 1 300 ta uy xo‘jaliklarida;
Yuqorida ko‘rsatilgan MFYlar hududidagi maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari 56 ta;
“Fayziobod” MFY hududidagi muzqaymoq sexi, qog‘oz ishlab chiqarish sexi, “Gofra prodakshn”, “Ruta” oilaviy korxonasi;
Fayziobod YPX binosi, Marhabo mehmonxonasi;
Maishiy xizmat ko‘rsatish 2 ta, Temir yo‘l omborxonasi, Bojxona omborxonasi;
“Oq uy” MFY, Otchopar ko‘chasidagi gaz quyish shoxobchasi AGNKS, 2 dona novvoyxona.
Mirobod tumani Xushnud ko‘chasidagi d-108 millimetrli yuqori bosim gaz quvuriga KI-STG-650/108 rusumli gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari olib boriladi. Shu sababli soat 10:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:
Mirobod tumanida “Qo‘yliq Ota” MFYdagi jami 300 ta uy xo‘jaligida hamda 10 ta ulgurji iste’molchilarda.
Bektemir tumani
Bektemir tumani “Nurafshon” MFYdagi jami 70 ta uy xo‘jaligida.
Uchtepa tumani
Uchtepa tumani “Foziltepa” MFYdagi gaz bosimini meyorlash maqsadida, Izza ko‘chasidagi o‘rta bosim gaz quvurlarini halqalash va avariya tiklash ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu tufayli soat 10:00 dan 15:00 ga qadar tumanning “Foziltepa” MFYdagi jami 220 ta uy xo‘jaligida, shuningdek hududdagi 18 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik o‘chiriladi.
Yangiliklar lentasi
0