Si Szinpin Xitoy raisi etib qayta saylandi

© AP Photo / Andy WongSi Szinpin
Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2023
Obuna bo‘lish
Si Szinpin Xitoy tarixida uchinchi muddatga qayta saylangan birinchi Xitoy raisi bo‘ldi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) raisi Si Szinpin uchinchi muddatga qayta saylandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Butunxitoy xalq vakillari kengashi deputatlarining ovoz berish natijalariga ko‘ra, Si Szinpin bir ovozdan uchinchi besh yillik muddatga Xitoy raisi lavozimiga qayta saylandi.
Davlat rahbari saylovi bugun ertalab Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishi 14-sessiyasining uchinchi yalpi majlisida yashirin ovoz berish yo‘li bilan bo‘lib o‘tdi.

"Si Szinpin uchinchi muddatga saylangan birinchi Xitoy Raisi bo‘ldi", deyiladi xabarda.

Mamlakatning amaldagi rahbari birinchi marta XXR raisi lavozimiga 2013-yil 14-mart kuni XXR 12-sessiyasida saylangan, 2018-yil 17-martda esa XXR 13-sessiyasida u qayta saylangan edi.
Yangiliklar lentasi
0