O‘zbekiston va Tojikiston birinchi rektorlar forumi o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda

© IA DunyoObsujdeni voprosi organizatsii pervogo foruma rektorov Uzbekistana i Tadjikistana
Obsujdeni voprosi organizatsii pervogo foruma rektorov Uzbekistana i Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2023
Obuna bo‘lish
Tojikiston va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari rektorlari o‘zaro tajriba almashishadi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston Dushanbe shahrida ikki davlat rektorlarining birinchi forumini o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Dushanbe shahrida 13-15-mart kunlari Tojikiston va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tadi.
Bo‘lajak forum tafsilotlari O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Tojikistonning Toshkentdagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda o‘rtasida muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, forum ishtirokchilari o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, yangi ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashishi kutilmoqda.
Shuningdek, ikki davlat talabalari o‘rtasida ilmiy olimpiadalar o‘tkazish, akademik almashinuvlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonning professor-o‘qituvchilarini tayyorlaydigan 5 ta oliy ta’lim muassasasida tojik tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Samarqand davlat universitetida tojik tili va adabiyoti, Termiz davlat universitetida tojik filologiyasi va sharq tillari kafedralari mavjud.
Yangiliklar lentasi
0