O‘zbek sirk ustalari “Oltin fil” mukofoti bilan taqdirlandi — foto

Obuna bo‘lish
Ispaniyaning Jirona shahrida 2 – 7-mart kunlari “Oltin fil” xalqaro sirk festivali bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbek sirk ustalari “Oltin fil” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Ispaniyaning Jirona shahrida 2–7 mart kunlari “Oltin fil” xalqaro sirk festivali bo‘lib o‘tdi. Unda 20 davlatdan 75 nafar sirk san’ati ustalari ishtirok etdi. Ular orasida O‘zbekiston sha’nini Darina Matveyeva va Sanjar Hasanovlar himoya qilishdi.
Festivalda ustalar ko‘rsatgan yuksak mahorati hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.
Natijada ishtirokchilar festival oliy mukofoti “Oltin fil” va “Best Artist Award from Li Xining” bilan taqdirlanishdi.
© Kompaniya Comedia Comunicacio & Media Sl
“Oltin fil” xalqaro sirk festivali - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Kompaniya Comedia Comunicacio & Media Sl
“Oltin fil” xalqaro sirk festivali - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Madaniyat va turizm vazirligi
“Oltin fil” xalqaro sirk festivali - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Madaniyat va turizm vazirligi
“Oltin fil” xalqaro sirk festivali - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Yangiliklar lentasi
0