Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 10-martning asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishYujniy sektor spetsialnoy voyennoy operatsii
Yujniy sektor spetsialnoy voyennoy operatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" kuchlar guruhi LXRning Stelmaxovka, Xarkov viloyatining Granikovka, Sinkovka va Timkovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 40 nafargacha harbiy xizmatchism va ikkita avtomobilini yo‘q qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi DXRning Yampolovka, Krasniy Liman, Grigorovka va LXRning Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida dushmanning 120 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita pikapi, D-30 gaubitsasi, bitta M777 (AQSh) artilleriya tizimini yo‘q qildi.
Donetsk yo‘nalishida "Janubiy" kuchlar guruhi faol operatsiyalari davomida 120 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, yettita zirhli jangovar texnika, uchta avtomashina, D-20 va D-30 gaubitsalari, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya to‘pi yo‘q qilindi.
Janubiy Donetsk va Zaporoje yo‘nalishlarida "Vostok" kuchlar guruhi DXRning Ugledar, Zaporojye viloyatining Gulyaipole, Preobrajenka va Sherbaki aholi punktlari hududlarida UQKning 50 dan ortiq harbiylari, bitta tanki, uchta pikapi, va D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida dushmanning 20 tagacha harbiy xizmatchisi, to‘rtta texnikasi, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriya UQKning 127ta hududda joylashgan 83 ta artilleriya bo‘linmalarini pozitsiyalariga zarba berdi. DXRning Petropavlovka aholi punkti hududida Ukrainaning S-300 zenit-raketa majmuasi zarbaga uchradi.
Rossiya qiruvchi samolyoti DXRning Marinka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-27 samolyotini urib tushirdi.
Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari kun davomida Xarkov viloyatining Sinkovka, Rusin Yar, Stepnoe, Staromayorskoe, DXRning Vladimirovka, Ugledar va Zaporoje viloyatining Pologi aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 7ta uchuvchisiz uchish apparati va HIMARS (AQSh) ko‘p raketa tizimining to‘qqizta raketasini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 400 ta samolyot, 218 ta vertolot, 3373 ta uchuvchisiz uchish apparati, 411 ta zenit-raketa majmuasi, 8249 ta tanki va boshqa zirhli jangovar texnika, 1055 ta ko‘p raketali jangovar texnika, 4315 ta dala artilleriya va minomotlari, shuningdek, 8830 ta maxsus harbiy texnikasidan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0