Saidov Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

© O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiO‘zbekiston va Mo‘g‘uliston hamkorlikni faollashtirishga tayyor
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston hamkorlikni faollashtirishga tayyor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2023
Obuna bo‘lish
Tomonlar ikki davlat prezidentlarining o‘tgan yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashdilar.
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Kecha, 8-mart kuni, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar ikki davlat prezidentlarining 2022-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish, TIVlararo maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish, savdo aylanmasini diversifikatsiya qilish va qo‘shma hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston ishchi guruhi va Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish masalalarini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi doirasida Mo‘g‘uliston rahbari Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashgan edi.
Yangiliklar lentasi
0