Qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston vakillari 13 ta medalni qo‘lga kiritdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati Qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati
 Qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik qilichbozlarning musobaqada hozirgacha jamg‘argan medallari 7 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronzani tashkil etmoqda.
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Toshkentda o‘tkazilayotgan qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston vakillari hozirgacha 13 ta medalga ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Chempionatda kecha yigitlar shpaga va sablya, qizlar rapira qurolida jamoaviy yo‘nalishda g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Shuningdek, reglamentga muvofiq musobaqaning rasmiy ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Marosimdan so‘ng har bir dasturdan o‘rin olgan final janglari o‘tkazildi. O‘zbekistonlik sablyachilar mazkur yo‘nalishda ham oltin medallarga sazovor bo‘lishdi. Finalda o‘zbekistonlik sportchi yigitlar Xitoydan 45:33 hisobida ustun kelishdi.

Shu tarzda o‘zbekistonliklar 1-o‘rin, xitoyliklar 2-o‘rin, Qozog‘iston sablyachilari esa 3-o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonlik qilichbozlarning musobaqada hozirgacha jamg‘argan medallari 7 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronzani tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0