Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 9-martning asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota artilleriyskix raschetov v zone SVO
Rabota artilleriyskix raschetov v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Bransk teraktiga javoban yuqori aniqlikdagi uzoq masofaga uchuvchi havo, dengiz va quruqlikdagi qurollar, jumladan "Kinjal" gipertovushli raketa tizimi Ukraina harbiy infratuzilmasining asosiy elementlariga, harbiy-sanoat kompleksi korxonalariga, shuningdek, ularni ta’minlovchi energetika obyektlariga zarba berdi. Jangovar maqsadga erishildi - barcha belgilangan obyektlarga zarba berildi.
Zarba natijasida uchuvchisiz uchish apparatlarining hujum bazalari yo‘q qilindi, zahiralarni tashish va chet el qurollarini temir yo‘l orqali tashish to‘xtatildi, harbiy texnikani ta’mirlash va o‘q-dorilar ishlab chiqarish obyektlari ishdan chiqdi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" kuchlar guruhi Xarkov viloyatining Granikovka, Pershetravneve, Olshana va LXRning Stelmaxovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 50 nafargacha harbiy xizmatchisi, ikkita BMP, 5ta zirhli jangovar mashinasi va ikkita avtomobil yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Nevskoe, Chervonaya Dibrava, DXRNing Torskoe aholi punktlari hududlarida UQKning 115 nafar harbiy xizmatchisini, uchta zirhli jangovar mashina, ikkita pikap va "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasini yo‘q qildi.
Donetsk yo‘nalishida "Janubiy" qo‘shinlar guruhi DXRning Krasnoe, Semenovka va Pervomayskoe aholi punktlari hududlarida 135 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, uchta zirhli jangovar texnikasi uchta pikap, to‘rtta yengil avtomobil, ikkita D-20, "Msta-B" va bitta D-1 gaubitsalarini yo‘q qildi.
Janubiy Donetsk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Vostok" qo‘shinlari guruhi DXRning Ugledar va Prechistovka aholi punktlari hududlarida 65 ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita yuk mashinasi va D-20 gaubitsasini yo‘q qilishdi.
Xerson yo‘nalishida to‘rtta zirhli jangovar mashina, beshta mashina va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa qo‘shinlari va artilleriya bir sutkada UQKning 102 ta hududda joylashgan 78 ta artilleriya bo‘linmasiga zarba berdi.
DXRning Vozdvijenka aholi punkti yaqinida UQKning 110-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
DXRning Chasov Yar aholi punkti hududida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi batareyali radari yo‘q qilindi.
Rossiya qiruvchi samolyotlari Zaporojye viloyati Volnyansk posolkasi hududida havo jangida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi. Donetsk Xalq Respublikasidagi Novogrodovka aholi punkti yaqinida Ukrainaning Mi-8 vertoloti urib tushirildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari DXRning Nikolskoe, LXRning Blagodatnoe, Kremennaya, Berestove, Xarkov viloyatining va Xerson viloyatining Chervoniy Mayak aholi punktlari hududlarida Ukrainaning beshta uchuvchisiz uchish apparatlarini va HIMARS(AQSh) ko‘p raketali tizimining oltita raketasini tutib oldi.
Hammasi bo‘lib, maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina 399 samolyot, 218 vertolot, 3366 uchuvchisiz uchish apparati, 410 zenit-raketa tizimi, 8241 tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1055 ko‘p martalik jangovar transport vositalari. raketa tizimlari, 4308 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8816 dona maxsus harbiy mashinalardan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0