Amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilanmoqda — tafsilotlar

© SputnikKonstitutsiya respubliki Uzbekistan
Konstitutsiya respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2023
Obuna bo‘lish
Konstitutsiyaning amaldagi 275 ta normasi 434 taga ko‘paymoqda, ya’ni amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilanmoqda.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilanmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tayotgan yalpi majlisda ma’lum qilindi.
Yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi qaror loyihasi muhokama etilmoqda.
Qayd etilishicha, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshmoqda.
Konstitutsiyaning amaldagi 275 ta normasi 434 taga ko‘paymoqda, ya’ni amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilanmoqda.
Ta’kidlanishicha, loyihani yangi tahrirdagi Konstitutsiya sifatida qabul qilish uchun barcha asoslar yetarli.

"Qonunchilik palatasi va Senatning vakolatlari sezilarli darajada kengaymoqda, ikki palata ishidagi takrorlanishlar bartaraf etilib, har birining mas’uliyat sohasi aniq belgilanmoqda. Xususan, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5 tadan 12 taga, Senatda esa, 14 tadan 18 taga ko‘paymoqda", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash, Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish, Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish kabi vakolatlar bevosita xalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanadigan Qonunchilik palatasi vakolatiga o‘tkazilmoqda.
Aytilishicha, bu o‘zgarish quyi palataning vakillik tabiatiga va ilg‘or xorijiy tajribaga to‘la mos keladi.
Parlamentning nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarini lavozimga qo‘yish borasidagi funksiyalari kuchaytirilmoqda hamda prezidentning ayrim vakolatlari parlamentga o‘tkazilmoqda.
Jumladan, yangilayotan Konstitutsiyada bosh prokuror, Hisob palatasi rahbarligiga nomzodlar avval Senatda ko‘rib chiqilib, keyin prezident tomonidan tayinlanishi, shuningdek Monopoliyaga qarshi organ va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbarlari Senat tomonidan saylanishi amaliyotini joriy etish taklif etilmoqda.
Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati rahbarligiga nomzod avval Senat bilan maslahatlashilgandan keyin prezident tomonidan tayinlanishi tartibi joriy etilmoqda.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida Sudyalar oliy kengashining barcha a’zolarini Senat tomonidan saylash tizimini kiritish taklifi kiritilmoqda.
Senat tarkibini ixchamlashtirish ham taklif etildi. Unga ko‘ra, senatorlar soni amaldagi 100 tadan 65 taga o‘zgarmoqda. Bunda Senatni shakllantirishning amaldagi tartibi saqlanib qolinmoqda.
Deputat Jahongir Shirinovning qayd etishicha, davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlashi, shuningdek, OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mustahkamlab qo‘yiladi.
Ma’lumot uchun, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan aholidan 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan.
Yangiliklar lentasi
0