Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovOsen v Tashkente.
Osen v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2023
Obuna bo‘lish
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17-22° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19° iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0