Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 8-martning asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota artilleriyskix raschetov v zone SVO
Rabota artilleriyskix raschetov v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib brayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" kuchlar guruhining hujumi va aviatsiya zarbalari natijasida Xarkov viloyatining Berestovoe, Sinkovka, Kraxmalnoe aholi punktlari hamda LXRning Rozovka aholi punkti hududida dushmanga zarbalar berildi.
Shuningdek, Xarkov viloyatining Tabayevka, Granikovka, Olshana, LXRning Artomovka, Novoselovskoe va Stelmaxovka aholi punktlari hududlarida UQK 10ta qo‘poruvchi - razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi.
Zarbalar natijasida ushbu yo‘nalishda 60 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar texnikasi, uchta texnikasi, shuningdek, "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi LXRning Nevskoe, Novolyubovka, Chervonopopovka, Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida va DXRning Grigorovka aholi punkti hududida UQKga zarba berishi natijasida dushman 130 ga yaqin harbiy xizmatchilarini, ikkita BMP, uchta zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina va "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasini yo‘qotdi.
Donesk yo‘nalishida "Janubiy" qo‘shinlar guruhining faol harakatlari natijasida UQK 180 dan ortiq harbiy xizmatchilari, ikkita tanki, uchta BMP, 5 ta transport vositasi, "Akatsiya" va "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsalaridan mahrum bo‘ldi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Vostok" qo‘shinlar guruhi DXRning Ugledar, Pavlovka, Novoselka va Zaporojye viloyatining Novodanilovka aholi punktlari hududlarida dushmanga zarba berishi natijasida, UQKning 65 tagacha harbiy xizmatchisi, bitta tank, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta pikap, shuningdek, Msta-B gaubitsasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida artilleriyadan o‘q uzilishi natijasida bir sutkada 50 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, ikkita avtomobil va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi 207ta huddda UQKning 87 ta artilleriya bo‘linmasi o‘q otish pozitsiyalari, ishchi kuchiga zarba berdi.
DXRning Novoaleksandrovka aholi punkti hududida 36D6 past uchuvchi havo nishonlarini aniqlash uchun Ukraina radiolokatsion stansiyasi yo‘q qilindi.
DXRning Memrik qishlog‘i hududida UQKning 59-moto-o‘qchi brigadasi shtab-kvartirasiga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Xerson viloyati Novaya Kaxovka, Nikolayevka, Zaporojye viloyatining Chervonoarmeysk va DXRning Nikolskoe, LXRning Shipilovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning beshta uchuvchisiz uchish apparati va HIMARS (AQSh) ko‘p raketa tizimining 4ta raketasini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 398 ta samolyot, 217 ta vertolot, 3361 ta uchuvchisiz uchish apparati, 410 ta zenit-raketa tizimi, 8222 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1055 ta ko‘p raketali tizimlar, 4300 ta. artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8798 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi
Yangiliklar lentasi
0