"Pobeda" O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishSamolet
Samolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2023
Obuna bo‘lish
"Pobeda" aviakompaniyasi Moskva-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni haftasiga ikki marta amalga oshirishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi Moskvadan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, aviakompaniya 21-apreldan boshlab Moskva va Samarqandni to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslar bilan bog‘lashni rejalashtirmoqda.
Moskva-Samarqand-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“Pobeda” — “Rossiya havo yo‘llari” guruhining sho‘’ba korxonasi Rossiyaning arzon aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Vnukovo (Moskva) aeroportida joylashgan.
Yangiliklar lentasi
0