Pekin Ukraina mojarosida qatnashayotgan tomonlarga qurol yetkazib berishni istisno qildi

© RIA Novosti . Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Pekin
Goroda mira. Pekin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2023
Obuna bo‘lish
Xitoy tashqi ishlar vaziri: Pekin Ukrainadagi mojaroda qatnashayotgan tomonlarning birortasiga qurol yetkazib bermayapti.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Xitoy Ukrainadagi mojaroda ishtirok etmaydi va hech bir tomonni qurol bilan ta’minlamaydi, ammo Pekinga sanksiyalar bilan tahdid qilinmoqda. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

“Xitoy inqirozning tashabbuskori ham, manfaatdor tomoni ham emas, biz mojaro ishtirokchilaridan birortasiga qurol yetkazib bermaymiz. Javobgarlikni Xitoyga ag‘darish va hatto sanksiya qo‘llash va tahdid qilishga nima asos bor? Biz buni hech qachon qabul qilmaymiz”, - dedi Sin Gan.

Uning ta’kidlashicha, Xitoy har doim Ukraina masalasi bo‘yicha ishning holatlaridan kelib chiqqan holda mustaqil xulosaga keladi.
U "tinchlik va urush o‘rtasida biz tinchlikni, muloqot va sanksiyalar o‘rtasida biz muloqotni tanlaymiz", deya qo‘shimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0