Bugun havo harorati +30 darajagacha ko‘tariladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVesna v Tashkente
Vesna v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2023
Obuna bo‘lish
Respublikada harorat +23-28 daraja iliq, janubda va cho‘l hududlarda +30 daraja iliqgacha bo‘ladi.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kechqa tamon yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax vilyatlarida ba’zida shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat +23-28 daraja iliq, janubda va cho‘l hududlarda +30 daraja iliqgacha bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +25-27 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0