ShHT boshqalarga qarshi qaratilmagan – Rossiya prezidentining maxsus vakili

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishZasedanie v uzkom sostave glav gosudarstv Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v Samarkande.
Zasedanie v uzkom sostave glav gosudarstv Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2023
Obuna bo‘lish
ShHT barcha manfaatdor davlatlar uchun ochiq va hech kimga qarshi qaratilmagan, dedi Hakimov.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti o‘zaro hamkorlikda bo‘linmas xavfsizlik va tenglik tamoyillariga asoslanadi, o‘zini hech kimga qarshi qo‘ymaydi va boshqalarga qarshi qaratilmaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidentining ShHT ishlari bo‘yicha maxsus vakili Baxtiyor Hakimov ta’kidladi.
“ShHT barcha manfaatdor davlatlar uchun ochiq va hech kimga qarshi qaratilmagan. Tashkilot falsafasi konstruktiv va bunyodkordir, u hamkorlik va o‘zaro tushunishga, barchaning manfaatini ko‘zlab, birgalikda yechim topishga qaratilgan”, — dedi Hakimov.
Uning aytishicha, ShHT BMT tamoyillariga amal qilib, oldinga intiladi.
“Biz hech kimga qarshi emasmiz. ShHT harbiy-siyosiy blok emas va milliy oliy organlarni tashkil etish bilan iqtisodiy integratsiya birlashmasiga aylanishga intilmayapti”, — deya qo‘shimcha qildi u.
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston ishtirok etadi. Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka. Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Misr va Qatarga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish bo‘yicha memorandumlar imzolandi. Bahrayn, Maldiv orollari, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari va Myanma ham muloqot bo‘yicha hamkor maqomini oladi.
Yangiliklar lentasi
0