“Magnit” O‘zbekistonda do‘konlari sonini ko‘paytiradi

© SputnikRossiyskiy magazin MCosmetic otkrilsya v Sergeliyskom rayone Tashkenta
Rossiyskiy magazin MCosmetic otkrilsya v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2023
Obuna bo‘lish
Biz O‘zbekistonda MCosmetic’ni rivojlantirishni davom ettiramiz, dedi kompaniya vakili.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. “Magnit” riteyleri joriy yilda O‘zbekistonda bir necha o‘nlab yangi MCosmetic do‘konlarini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
“Biz O‘zbekistonda MCosmetic’ni rivojlantirishni davom ettiramiz. Respublikada ushbu formatni rivojlantirishda katta imkoniyatlarni ko‘rmoqdamiz va bu yil u yerda bir necha o‘nlab yangi do‘konlar ochamiz”, - dedi kompaniya vakili.
O‘zbekiston “Magnit” kompaniyasi o‘z vakolatxonasini ochgan birinchi xorijiy davlat bo‘ldi – o‘tgan yilning aprel oyida respublika poytaxtida “Magnit Cosmetics” kosmetika va maishiy kimyo mahsulotlari do‘koni ochildi.
“Magnit” - Rossiya chakana savdo do‘konlari tarmog‘i bo‘lib, daromad bo‘yicha Rossiyada uchinchi o‘rinda turadi. Tarmoqqa 1995-yilda Krasnodarda kompaniya faoliyatining dastlabki yillarida kompaniyaga egalik qilgan va uni boshqargan Sergey Galiskiy tomonidan asos solingan, 2021-yildan beri eng yirik aksiyador Alexandra Marathon Group investitsiya kompaniyasi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0