Hafta qanday ob-havo bilan boshlanadi?

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovOsen v Tashkente.
Osen v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtda kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Bugun kunduz kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va kunning birinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surhondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17-22° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-21° iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0