Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Artyomovskda 10 mingga yaqin Ukraina askari operativ qurshovda - Gagin

© AFP 2023 / -Vid goroda Artemovska (Baxmuta).
Vid goroda Artemovska (Baxmuta). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2023
Obuna bo‘lish
Pushilinning maslahatchisi Gagin: o‘n mingga yaqin ukraina askari Artemovskda qoldi
TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Operativ qamalda bo‘lgan Artyomovskda 10 mingga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchilar qolmoqda, dedi "Rossiya" telekanaliga Donesk Xalq Respublikasi rahbarining maslahatchisi Yan Gagin. RIA Novosti xabariga asosan.

"Hozir Artyomovskda anchagina katta garnizon qolmoqda - o‘n mingga yaqin, balki bir oz ko‘proq. Ba’zi bo‘linmalar uni tark etishdi, ba’zi bo‘linmalar uni tark etishga urinmoqda. Ayni paytda artilleriyamiz ularga zarba berishga harakat qilmoqda", - dedi u.

DXR vakilining aytishiga ko‘ra, Rossiya kuchlari barcha shaharga kirish-chiqish yo‘llarini nazorat qilmoqda, shuning uchun Ukraina Qurolli kuchlari uchun Artyomovskka o‘q-dori yetkazib berish va harbiy xizmatchilarni tashish "muammoli va xavfli".

"Men Artyomovskka o‘q-dorilarni yetkazib berish uchun yorib o‘tishga urinishlar bo‘lishini istisno qilmayman. Xuddi shu tarzda u yerdan chiqib ketishga urinishlar ham bo‘ladi, jumladan, jang bilan chiqishga ham. Masalan, Chasov Yarga", - dedi Gagin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyatni bir necha yil oldin sodir bo‘lgan "Debalsevo qozoni" (qamal, qurshov - tahr.) bilan solishtirish mumkin. Hozir bu yerda "yangi qozon" shakllangan.
Eslatib o‘tamiz, Artyomovsk DXRning Kiyev nazorati ostidagi qismidagi, yirik Gorlovka shahridan shimolda joylashgan. Bu Donbassdagi Ukraina qo‘shinlari guruhini ta’minlash uchun muhim transport markazidir.
Avvalroq "Vagner" guruhi asoschisi Yevgeniy Prigojin uning jangchilari shaharni amalda o‘rab olganini ma’lum qilgan edi.
Shuningdek, shanba kuni Ukraina xavfsizlik xizmatining ikki amaldori darhol ularning bo‘linmalari aholi punktini tark etish to‘g‘risida buyruq olganini e’lon qildi - bu chaqiriq belgisi "Magar" bo‘lgan qo‘mondon va Ukrainaning sobiq bosh prokurori, hozirda hujum vzvodining qo‘mondoni Yuriy Lutsenko.
Yangiliklar lentasi
0