Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Amerikaliklar milliy manfaatlarni Ukrainadagi g‘alabadan ustun qo‘yishmoqda

© AP Photo / Nariman El-MoftyFlag SShA v Kiyeve. Arxivnoe foto
Flag SShA v Kiyeve. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2023
Obuna bo‘lish
Hill: AQShda ayrim amerikaliklar Ukrainadagi g‘alabani xohlamasligini bildirishdi.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Ba’zi amerikaliklar Ukrainadagi g‘alabani xohlamaydilar, chunki ular AQSh milliy manfaatlarini tashqi siyosatdan ustun qo‘yishadi, deydi Hill gazetasi sharhlovchisi Bill Shnayder. RIA Novosti.

1947 yildan beri Amerikaning ikki partiyaning siyosiy isteblimenti AQShda nafaqat milliy, balki xalqaro manfaatlarga egaligi borasida kelishuvga erishgan. Biroq, Amerika xalqi bu g‘oyaga hech qachon to‘liq ishonmagan, - deb yozdi sharhlovchi.

Maqola muallifiga ko‘ra, bu mavzu ayniqsa, “kelajak globalistlarniki emas, kelajak vatanparvarlarniki” degan Donald Tramp prezidentligi davrida keskinlashgan. Boshqacha qilib aytganda, "Birinchi navbatda Amerika", deb ta’kidladi jurnalist.
Shnayderning qo‘shimcha qilishicha, “Trampning neoizolyatsion qarashlari” Jo Baydenning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash siyosatiga qarshi chiqqan amerikaliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Avvalroq NORC Jamoatchilik bilan aloqalar tadqiqot markazi amerikaliklar orasida Ukrainaga yordamni qo‘llab-quvvatlovchilar soni 2022-yil mayidagi 60 %dan joriy yilning mart oyida 48 %ga qisqargani haqida xabar bergandi.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi fonida AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari Kiyevga qurol-yarog‘ yuborish orqali uni qo‘llab-quvvatlamoqda. Dasturlar o‘nlab milliard dollarni tashkil qilmoqda. O‘z navbatida, Moskva bunday ta’minot faqat mojaroni cho‘zishi, harbiy texnika o‘rnatilgan transport vositalari esa Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0