O‘zbekistondagi tuz mahsulotlari sinovdan o‘tkazildi — yodlanmagan osh tuzlari ro‘yxati
© pixabay.com/mkupiec7Povarennaya sol
© pixabay.com/mkupiec7
Obuna bo‘lish
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 22 nomdagi osh tuzini amaldagi talablarga nomuvofiq deb topdi.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 29 nomdagi tuz mahsulotlari namunalari sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamkor tashkilotlar bilan birga 29 nomdagi tuz mahsulotlari namunalarini sinovdan o‘tkazdi.
“Achinarlisi, 22 nomdagi osh tuzining ya’ni, 76 foizi laboratoriya natijalariga ko‘ra amaldagi talablarga nomuvofiq deb topildi. Ularda yod miqdori kamligi ma’lum bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Yod miqdori kam osh tuzlari:
“Ideal” osh tuzi;
“Dunyo” osh tuzi;
“Saxovat” osh tuzi;
“Kafolat”osh tuzi;
“Safo” osh tuzi;
“Ozoda-uz” osh tuzi;
“Baraka” osh tuzi;
“Oshpaz” osh tuzi;
“Orol” osh tuzi;
“Yagona ishonch” osh tuzi;
“Safir” osh tuzi;
“Zarafshon kumush tuzi”, “Salina”, “Aziya” va “Melkaya” osh tuzlari;
“Osh tuzi” va “Fayzli” osh tuzlari.
Tuz mahsulotlarini xarid qilishdan avval uning qadog‘idagi quyidagi ma’lumotlarni tekshirish lozim:
mahsulot nomi, sorti va hajmi;
yodlangan qo‘shimchaning nomi;
tarkibidagi yod miqdori;
netto og‘irligi (kg);
ishlab chiqarish sanasi (kun, oy, yil);
saqlash muddati;
saqlash shartlari;
mazkur standartda ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlar.
Qayd etilishicha, oziq-ovqat mahsulotlarida uning sifati, tashqi qadog‘idagi axborotlarning mavjudligi va sanitariya-epidemiologik xulosasi bo‘lmasa Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 1159 “Call markazi” yoki info@antimon.gov.uz elektron pochtasiga xabar yuborish mumkin.
Ma’lumot uchun, har yili dunyoda 38 millionga yaqin bola yod tanqisligi xavfi bilan tug‘iladi. Qolaversa, bu modda yetishmasligi qalqonsimon bez va ovqat hazm qilish organlari faoliyati bilan bog‘liq turli jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Bundan tashqari, tirnoqlarning tabaqalanishi, soch to‘kilishi, teri quruqlashuvi, uyquchanlik, charchoq ham organizda yod taqchilligi alomatlaridandir. Shu sababli bu kabi muammolarning oldini olish maqsadida dunyoda osh tuzini yodlash amaliyotidan keng foydalaniladi.