Ob-havo: bugun harorat +23 darajagacha isiydi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishOsen
Osen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, tog‘li hududlarning ba’zi joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat +19-24 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda. Harorat +21-23 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0