Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 3-martning asosiy xabarlari

© AP PhotoVid goroda Artemovska (Baxmuta).
Vid goroda Artemovska (Baxmuta). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 3 mar - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Kurilovka, Pershotravneve, Masutovka aholi punktlari hududlarida hamda LXRning Novoselovskoe aholi punktida dunshmanga zarba berishi natijasida dushmanning yo‘qotishlari yuz nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchilarni, bitta tank, uchta BMP, ikkita pikap, "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsa va "Grad" reaktiv tizimi mashinasini yo‘q qildi.
️Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi DXRning Torskoe, Yampolovka va LXRning Chervonopopovka aholi punktlari hududlaridagi dushmanning 200 dan ortiq harbiy xizmatchilari, 3 ta BMP, 8 ta zirhli jangovar mashinasi, 2 ta pikap va D-20 gaubitsasini yo‘q qilindi.
Donetsk yo‘nalishida "Janubiy" kuchlar guruhi bo‘linmalarining faol harakati natijasida 210 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchilar, beshta zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina, "Krab" (Polsha) va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamalari, ikkita "Grad" jangovar mashinasi, ikkita D-30 gaubitsasi va bitta D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
DXRning Avdeyevka aholi punkti yaqinida UQKning 110-mexanizatsiyalashgan brigadasi mobil aloqa markazi vayron qilindi
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Vostok" qo‘shinlari guruhi DXRning Vodanoe, Privolnoe va Ugledar aholi punktlari hududlarida UQKning 70 dan ortiq harbiy xizmatchilari, ikkita tanki, ikkita zirhli jangovar mashinasi, ikkita pikapi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va D-20 gaubitsasini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida bir sutkada 60 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, oltita texnika, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, "Gaitsint-B" va "Msta-B" gaubitsalari hamda uchta D-30 gaubitsalari dushman tomonidan yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 212ta hududda joylashgan 92 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
Rossiya qiruvchi samolyoti DXRning Krasnoarmeysk shahri yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-24 samolyotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari LXRning Varvarovka, Krasnorechenskoe, Kremennaya, Kuzemovka, Stelmaxovka, Jitlovka, DXRning Yegorovka, Ivanovka, Kirillovka, Nikolskoe, Xerson viloyatining Aloshki, Golaya Pristan, Krinki, Novaya Zburevka va Chervonopodolie aholi punktlari hududlarida UQKning 18 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini va bitta HIMARS (AQSh) raketasini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 394 ta samolyot, 212 ta vertolot, 3313 ta uchuvchisiz uchish apparati, 407 ta zenit-raketa majmuasi, 8129 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1048 ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 4262 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8680 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0