G‘arb Rossiya misli ko‘rilmagan sanksiyalarni qanday yengib o‘tganidan xavotirda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishMoskovskaya birja
Moskovskaya birja - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2023
Obuna bo‘lish
G‘arb Rossiya iqtisodiyoti “qulash”dan yiroq ekanidan norozi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. G‘arb Rossiya misli ko‘rilmagan sanksiyalarni qanday yengib o‘tganidan xavotirda. Bu haqda RIA Novosti Al-Ain shahlovchisi Muxammed Ferxatga tayanib xabar berdi.
“Rossiya iqtisodiyoti misli ko‘rilmagan sanksiyalarga qaramay, 2022-yilda kutilganidan yaxshiroq natija ko‘rsatdi. Xalqaro valyuta fondi o‘tgan yilning aprel oyida Rossiya yalpi ichki mahsuloti 18,5 foizga qisqarishini bashorat qilgan, biroq aslida mamlakat iqtisodiyoti 2,5 foizdan kamroq qisqargan”, deydi Muxammed Ferxat.
Uning fikricha, Moskva “juda kuchli barqarorlik” ko‘rsatdi. G‘arb esa Rossiya iqtisodiyoti “qulash”dan yiroq ekanidan norozi.
Bundan tashqari, xalqaro ekspertlar Rossiyaning 2023-yilda o‘sishini bashorat qilmoqdalar, deya qo‘shimcha qildi shahlovchi.
Yangiliklar lentasi
0