AES - yagona yo‘lmi? Energiyaga chanqoq Markaziy Osiyo

© Press-slujba Goskorporatsii "Rosatom" Belorusskaya atomnaya elektrostansiya
Belorusskaya atomnaya elektrostansiya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2023
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyoda aholi soni o‘sishi va iqtisodiy rivojlanish - katta quvvatli energiya manbaalarini talab qiladi. Mintaqaning enegetik kelajagi haqida Sputnik mutaxassislar fikrini jamladi.
TOShKENT, 2 mar - Sputnik. So‘nggi qish O‘zbekiston elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi yetishmoqvchiliklarni yaqqol namoyish qildi.
Dekabr oyida ob-havo soviy boshlashi bilan birga gaz va elektr ta’minotida uzilishlar kuzatila boshladi. Yanvar oyida esa havo keskin soviganidan so‘ng vaziyat favqulodda tus oldi. Aholini gaz va elektr bilan ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston rahbariyati AYoQShlar va ayrim sanoat obyektlari, issiqxonalarga gaz yetkazib berishni ta’qiqlashga majbur bo‘ldi.
Energetika vazirligi ushbu muammo negizini o‘rganib chiqqanidan so‘ng, o‘z xulosasini bildirdi: so‘nggi yillarda O‘zbekistonda sanoat korxonalari ildam rivojlanishi va aholi soni o‘sishi munosabati bilan elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortgan, lekin ishlab chiqarish quvvatlari yetarli darajada ko‘paymagan. Natijada, havo sovishi va talabning keskin ortishiga tizim dosh bera olmagan.

Energiyaga chanqoq Markaziy Osiyo

Aytish joizki bunday vaziyat nafaqat O‘zbekistonda, balkim Markaziy Osiyoning deyarli barcha davlatlarida mavjud. Kelayotgan bir necha o‘n yillarda hudud aholisi soni ildam oshishi va iqtisodiy rivojlanish bilan birga ushbu muammo yanada dolzarb tus olishi kutilmoqda.
Ikkinchidan mintaqada suv tanqisligi muammosi ham yildan yilga tobora sezilarli bo‘lib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida yangi GESlar qurish va ulardan to‘laqonli foydalanish imkoniyatini cheklaydi.
Ushbu vaziyatda Markaziy Osiyo davlatlari birgalikda suv-energetika tizimlarini birlashtirib (MO eneregetik halqasi) Birgalikda yirik GESlar qurilishigi sarmoya kiritib (Qambar-Ota GESi) mavjud energiya tanqisligidan chiqish yo‘llarini izlamoqda.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston esa - atom elektr stansiyalari qurish imkoniyatlarini ham har tomonlama, jidiy o‘rganib chiqmoqda.

O‘zbekiston pozitsiyasi

Bugungi kunda MO davlatlari orasida faqat O‘zbekiston, AES qurilishini amalga oshirishga eng yaqin keldi. Respublika Rossiya bilan 2017-yilda ikkita VVER-1200 energoblokini qurish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Ikki yildan so‘ng Jizzaxda qurilish uchun maydon tanlandi va seysmologik, gidrologik, meteorologik va ekologik parametrlar bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ila boshlandi.
"Ma'no" tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev aytishiga ko‘ra, AES qurilishi “qandaydir bir guruh odamlarning xohishi” emas.

“O‘zbekiston AES qurish zaruriyati haqida gapiradigan bo‘lsak - sanoatning o‘sishi, respublikaning iqtisodiy rivojlanishi va o‘sib borayotgan aholi farovonligini oshirishni energiya ta’minotisiz amalga oshirib bo‘lmasligini mamlakat tushunmoqda. Energiya - suv va havodek zarur, O‘zbekiston esa energiya taqchil davlat”, - deydi Ergashev.

Agar hozir O‘zbekistonda 70 milliard kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarilsa va foydalanilsa, 15-yildan keyin talab kamida 110 milliardga oshadi va ularni qayerdadir ishlab chiqarish kerak, deydi ekspert.
“Shuningdek, O‘zbekistonda elektr energiyasining qariyb 85 foizi tabiiy gaz yoqiladigan issiqlik elektr stansiyalari yordamida ishlab chiqariladi. Ammo bu yerdam ham muammolar bor – gaz zaxiralari cheksiz emas va allaqachon pasayishni boshlagan.”
Ergashev O‘zbekiston uchun yagona yo‘l muqobil va “yashil” energetikani rivojlantirish ekanligini ta’kidladi va bunday energiya turiga rasmiy ravishda atom energetikasi ham kirishini ta’kidladi.
“Albatta, muqobil energiya manbalaridan – shamol va quyosh elektr stansiyalaridan foydalanish mumkin, ammo ularning barcha afzalliklariga qaramay, qayta tiklanadigan energiya manbalari tabiat, iqlim sharoitiga va hatto kunning vaqtiga ham juda bog‘liq. Bejizga ularni "taqsimlangan generatsiya" deb atashmaydi – quyosh elektr stansiyalari faqat quyosh bo‘lganda ishlaydi. Shamol elektr stansiyalari bilan ham shunday: shamol yo‘q – energiya yo‘q”.
Shu o‘rinda albatta gidroeneregetikaga alohida e’tibor berish kerak. O‘zbekistonda GESlar qurish imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikistonda foydalanilmayotgan ulkan quvvatlar mavjud, - deydi Ergashev.
“Mintaqadagi barcha davlatlar elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirishdan manfaatdor va bu borada turli loyihalarni izlamoqda. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: nega birgalikda umumiy farovonlik yo‘lida ishlaydigan va toza energiya bilan ta’minlaydigan GESlarni qurmaymiz? Haqiqatan ham o‘sish bor – Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston qudratli Qambar-Ota gidroelektr stansiyasini qurishni rejalashtirishmoqda. Shuningdek, ayni paytda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Zaravshon darosi xududida GES qurish masalasi ishlab chiqilmoqda”.

Qirg‘iziston pozitsiyasi

O‘tgan yilning yanvar oyida Qirg‘iziston va Rossiya RITM-200N atom reaktori negizida kam quvvatli AES qurishga kelishib olgan edi. Qirg‘iziston Respublikasi Energetika vazirligi va "Rosatom" o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Qirg‘iziston energetika vaziri o‘rinbosari Sabirbek Sultonbekovning aytishicha, uzoq vaqt suv bo‘lgani tufayli Qirg‘izistonda o‘tgan yilda energiya tanqisligi yuzaga kelgan va Qirg‘iziston elektr energiyasini import qilishga majbur bo‘lgan. Kelajakda respublikaga tabiiy sharoitga bog‘liq bo‘lmagan – atom energiyasi bo‘lishi kerak.
Hozirda "Rosatom" bilan kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha memorandum imzolangan: gap 50 megavatt quvvatga ega ikkita stansiya haqida bormoqda. Ammo hozir biz 50 megavatt quvvatga ega ikkita AES hech narsani hal qilmaydi deb o‘ylaymiz. Menimcha, quradigan bo‘lsak, quvvati kamida 300 megavatt bo‘lishi kerak. Bu masala aholi bilan muhokama qilinishi kerak”, — dedi Sultonbekov.
Iqtisodchi Qubat Rahimov aytishiga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari energetikani rivojlantirishda kelajakda mintaqada aholi soni tez sur’atda o‘sishini va suv resurslarining ahamiyati oshishini hisobga olishi zarur.
“Bu ko‘pchilikka ma’qul kelmasligi mumkin, lekin faqat AES suv muammosini energiya masalasidan “ajratishi” mumkin. Masalan, Qirg‘izistonga elektr energiya, O‘zbekistonga ham suv, ham elektr energiya kerak. Qishda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun suvdan foydalanish va yozda uni to‘plash zarur bo‘lgan sharoitda suv-energetika balansini saqlash juda qiyin bo‘ladi, – deya tushuntirdi ekspert.
Uning fikricha, bu masala Markaziy Osiyoda AES loyihalarni amalga oshirish tendensiyasini kuchaytiradi. Shu tariqa, O‘zbekiston "Rosatom" bilan hamkorlikda o‘z stansiyasini qurmoqda, Qozog‘iston ham, Qirg‘iziston ham xuddi shunday qurilish rejalariga ega.

Qozog‘iston fikri

“Qozog‘iston atom elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Timur Jantikin aytishiga ko‘ra, Qozog‘istonga ham uzoq muddatli ishonchli energiya manbai kerak.
Qozog‘istonda ko‘mir zahiralari juda ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, respublika BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvensiyasini imzolagan. Unga muvofiq Qozog‘iston 2060-yilgacha uglerod neytralligiga erishishni va’da bergan.
Shu sababli ham, Qozog‘iston ikkita AES qurish haqida o‘ylamoqda.
"Hozircha biz har biri 1200-1400 megavatt quvvatga ega ikkita blokli bitta stansiya qurishni ko‘rib chiqapmiz, garchi Energetika vazirligi ikkinchi stansiya qurilishi lozimligi haqida allaqachon gapirmoqda. Ya’ni, bizga atom energetikasini rivojlantirish dasturi kerak bo‘lib, u mamlakat elektroenergetikasini rivojlantirishning umumiy dasturi bilan uyg‘unlashtiriladi. Hammasini ko‘rib chiqish, aniqlash kerak”, - dedi Jantikin.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra Qozog‘iston aholisi 2023-yilning yanvar holatida 19,7 millionga yetgan.
Bugungi kunda Qozog‘istonda ham ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 90% - issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi.
Qozog‘iston uran qazib olish bo‘yida dunyoda birinichi, uran zahiralari bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Undan tashqari Qozog‘istonda uran xom-ashyosidan AESlar uchun yoqilg‘i tayyorlash korxonasi ham bor.
"Qozog‘iston va O‘zbekiston juda ko‘p uran qazib oladi, Qirg‘izistonda ham uran qazib olishadi. Qozog‘istonda shuningdek, yadroviy tayyorlash korxonalari ham bor. O‘tgan yili Ust-Kamenogorskda Xitoy bozori uchun yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarishni boshlagan edik", - deydi Jantikin.
Mutaxassis fikriga ko‘ra, yuqoridagi holatlarni hisobga olib, Markaziy Osiyoda atom elektr stansiyalarini yoqilg‘i bilan ta’minlashga istiqboli mavjud. Lekin shu bilan birga atom eneregetikasi juda murakkab texnologiya bo‘lib, u jiddiy moliyaviy resurslarni ham talab qiladi. Xatoga yo‘l quymaslik uchun MO davlatlari AESlarni rivojlantirishni o‘zaro muhokama qilishi kerak.

Rossiyadan nazar

Postsovet izlanishlar markazining katta ilmiy xodimi Stanislab Prichtin aytishiga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari energetik inqirozdan chiqishi uchun barcha turdagi energiya manbaalaridan samarali foydalanuvchi kompleks chora kerak.
"Umuman olganda, inqirozdan chiqish uchun mintaqa bo‘yicha kompleks tizim dasturi ishlab chiqilishi kerak, barcha resurslardan foydalanish kerak. Qambar-Ota GESini birgalikda qurish rejalari misolida gidrotexnika salohiyatini amalga oshirish, "Markaziy Osiyo - Sentr" gaz quvuri orqali Rossiyadan gaz yetkazib berish.
Shuningdek uzoq muddatli energiya manbaalari - Markaziy Osiyoda kamida ikkita katta quvvatli va bir necha kichik AES qurish kerak. "Yashil energetika" imkoniyatlaridan ham to‘laqonli foydalanish kerak", - deydi Pritchin.
Rossiyalik mutaxassis fikriga ko‘ra, respublikalardagi uran zahiralari va "Rosatom" bilan hamkorlik kelgusida AES sohasida muvaffaqiyatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini yaratadi.

"Atom qo‘rquvi" haqida

Markaziy osiyoning barcha respublikalar aholisi orasida atom energetikasidan foydalanishda ma’lum darajada xavotir ham bor.
Xususan, Qirg‘izistonda 2019-yilda “uran, toriy konlarini qidirish va ularni geologik o‘rganish bilan bog‘liq faoliyatni taqiqlash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Uran qazib olish va qazib olishni taqiqlash fuqarolik faollari va jamoatchilikning Qizil-Ompol (Issiqko‘l viloyati) uran konida ish olib borilayotganidan noroziligidan keyin qabul qilindi.
Qozog‘istonda aholining ma’lum bir qismi ham atom mavzusiga salbiy munosabatda - Sovet davrida mamlakatda Semipalatinskdagi yadro poligoni uzoq vaqt ishlagan, u yerda atom bombalari sinovdan o‘tkazilgan. 1991-yil avgustidan beri u butunlay yopilgan.
O‘zbekistonda AES qurilishiga kuchli qarshilik ko‘rsatayotganlar yo‘q va aholi hukumatning atom energetikasini rivojlantirish yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Ammo Toshkent AES qurish niyatini endi e’lon qilganida, qo‘shni Qozog‘iston ekologlari bunga qarshi chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati qurilish barcha xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda va Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) nazorati ostida amalga oshirilishini ta’kidlab kelmoqda.
"Ma'no" tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev AES xavfsizligi masalalari doimo dolzarb bo‘lib kelganini ta’kidladi.
"Odamlarda nima uchun radiofobiya borligi va nima uchun ular xavfsizlik haqida so‘rashi tushunarli. Har bir insonning ko‘z o‘ngida atom elektr stansiyalaridagi avariya misoli bor. Biz hammamiz Chernobil fojiasi haqida bilamiz, o‘tgan asrning 70-yillarida sodir bo‘lgan juda jiddiy avariyalar haqida bilamiz. Amerika Qo‘shma Shtatlarida, Yaponiyada ... Lekin shuni aytmoqchimanki, bunday falokatlarning har biri eng yaxshi mutaxassislar tomonidan "lupa ostida" o‘rganiladi, so‘ngra zaifliklarni bartaraf etish bo‘yicha yechimlar ishlab chiqiladi va bulajak AESlarda qo‘llaniladi", - dedi ekspert.
Shunday qilib, uning ta’kidlashicha, Chernobil fojiasidan so‘ng barcha ishlaydigan va rejalashtirilayotgan atom elektr stansiyalarining xavfsizlik tizimiga juda jiddiy o‘zgarishlar kiritildi. 2011-yilgi Fukusima fojiasi esa MAGATEni "Fukusimadan keyingi xavfsizlik talablari"ni ishlab chiqishga olib keldi.
“Shu sababli ham, menimcha, bu saboqlardan so‘ng atom elektr stansiyalari har safar aholi va atrof-muhit uchun xavfsizroq tizimga aylanib bormoqda”, — deya xulosa qildi Ergashev.

Xulosa o‘rnida

Bugungi kunda elektr energiyasi - bu iqtisod va sanoatni harakatlantiruvchi eng asosiy energiya manbai desak hato bo‘lmaydi. Jahonda ishonchli energiya manbaiga ega bo‘lmasdan turib, sanoat va iqtisodni rivojlantira olgan birorta ham davlatni ko‘rmaymiz.
Xususan, eng rivojlangan va eng tez rivojlanib borayotgan davlatlar bir vaqtning o‘zida eng ko‘p elektr eneregiyasi generatsiya qiluvchi davlatlar hamdir:
Xitoy - 7779 TVt/s (Terravat soat), AQSh - 4284 TVt/s, Hindiston 1563 TVt/s, Rossiya - 1085 TVt/s, Yaponiya - 997 TVt/s, Kanada - 649 TVt/s, Braziliya - 621 TVt/s, Janubiy Koreya - 575 TVt/s, Germani - 573 TVt/s, Fransiya - 523 TVt/s.
Ushbu davlatlar energiya generatsiyasida AESlar salmoqli o‘ringa ega:
AQSh - 99ta reaktor yiliga 805, mlrd.kVt (umumiy generatsiyadan~20%)
Fransiya - 58 ta reaktor yiliga 395 mlrd.kVt (~72%)
Xitoy - 46ta reaktor yiliga 277 mlrd.kVt (~4,2%)
Rossiya - 37ta reaktor yiliga 191 mlrd.kVt (~18%)
Yaponiya - 33ta reaktor
Janubiy Koreya - 24 ta reaktor yiliga 127 mlrd.kVt (24%)
Kanada - 19ta reaktor yiliga 94 mlrd.kVt (~15%)
Germaniya - 7ta reaktor yiliga 71 mlrd.kVt (~12%)
Sputnik Qirg‘iziston muallifi Taalaybek Oroskulov maqolasi asosida tayyorlandi.
Yangiliklar lentasi
0