O‘zbekistonda mehmonxona biznesini jahon brendi darajasiga olib chiqish yo‘llari ko‘rib chiqildi

© SputnikForum “Hotel business forum-2023”
Forum “Hotel business forum-2023”  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2023
Obuna bo‘lish
Bugun poytaxtda “Hotel business forum-2023” forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va xorijlik mutaxassislar mehmonlarda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, sohadagi yangi tendensiyalar, IT va innovatsion loyihalar haqida fikr almashishdi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Turizm sohasiga e’tibor qaratilayotgan bir vaqtda, mehmonxona biznesini ham rivojlantirish bo‘yicha aniq reja va dasturlar qabul qilish kerak. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Hotel business forum-2023” forumida ma’lum qilindi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Forumda Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Angliya, Fransiya, Germaniya kabi davlatlardan mutaxassislar ishtirok etishdi.
"Mehmonxona industriyasining rivojlantirishda IT, ekologiya, xizmatlar sanoatini rivojlantirish lozim. Xususan turistik kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari joriy etildi, hududlarda yirik mehmonxonalar foydalanishga topshirildi",- dedi Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov.
Tadbirning birinchi kunida 19 nafar spikerning ma’ruzalari tinglandi. Mehmonxona sanoatini rivojlantirish, sohada kadrlar tayyorlash, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, O‘zbekiston mehmonxona sanoatidagi yangi tendensiyalar, IT va innovatsion loyihalar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, xalqaro hamkorlik, HR, sertifikatlash tizimi, avtomatlashtirish, dual tizim muhokama etildi.
Qayd etilishicha, mehmonxona sanoati sohasida elektron tizimlarning faol ishlashi va bu orqali xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish katta natija beradi.
Ishtirokchilar turizm sohasiga e’tibor qaratilgan bir vaqtda, mehmonxona biznesini ham rivojlantirish bo‘yicha katta qadamlar tashlanishi kerakligini ma’lum qilishdi.
Hozirda O‘zbekistonda 3 798 ta mehmon uy va yotoqxona, 935 dan ortiq mehmonxona, 208 ta dam olish maskanining boshqa turar joylari mavjud.
Yangiliklar lentasi
0