https://oz.sputniknews.uz/20230302/shavkat-mirziyoev-ilhom-aliev-bilan-uchrashuv-otkazdi--video-foto-32595194.html
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi – video, foto
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi – video, foto
Sputnik O‘zbekiston
Prezidentlar oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini batafsil ko‘rib chiqdilar. 02.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-02T07:15+0500
2023-03-02T07:15+0500
2023-03-02T07:15+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
ilhom aliyev
ozarbayjon
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/02/32594702_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_1de18c6f1f016435e1cc064571a7f962.jpg
TOShKENT, 2 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga kelgach, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, Ozarbayjon ushbu tuzilmaga samarali raislik qilayotganini alohida ta’kidladi.Prezidentlar oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini batafsil ko‘rib chiqdilar. Tizimli va samarali muloqotlar tufayli O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilgani, amaliy mazmun bilan boyigani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.Shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.Davlat rahbarlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilib, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.Uchrashuv har doimgidek ochiq, samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/02/32594702_43:0:1180:853_1920x0_80_0_0_8fd01684e015e605544bb5937ab117e7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, ilhom aliyev, ozarbayjon, o‘zbekiston
siyosat, shavkat mirziyoyev, ilhom aliyev, ozarbayjon, o‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi – video, foto
Prezidentlar oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini batafsil ko‘rib chiqdilar.
TOShKENT, 2 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga kelgach, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Ozarbayjon yetakchisi 2-mart kuni Bokuda bo‘lib o‘tadigan Qo‘shilmaslik harakati sammitini qo‘llab-quvvatlagani va unda shaxsan ishtirok etayotgani uchun Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, Ozarbayjon ushbu tuzilmaga samarali raislik qilayotganini alohida ta’kidladi.
Prezidentlar oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini batafsil ko‘rib chiqdilar. Tizimli va samarali muloqotlar tufayli O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilgani, amaliy mazmun bilan boyigani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘tgan yili ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 50 foizdan ziyodga oshdi. Avtomobilsozlik, to‘qimachilik sanoati va ipakchilik kabi ustuvor tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirdi. Neft-gaz, transport va logistika sohalarida istiqbolli loyihalar tayyorlanmoqda.
Shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Davlat rahbarlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilib, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuv har doimgidek ochiq, samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi.