Kompaniyalar xabarlari
Ushbu bo‘limda kompaniyalar faoliyatiga oid yangiliklari hamda turli muassasalar bilan hamkorlik doirasida yuritilayotgan loyihalar haqidagi xabarlar chop etiladi.

Moskva metrosining Katta halqa yo‘li ishga tushdi

© Sputnik / Kirill KallinikovBKL sxema metro
BKL sxema metro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2023
Obuna bo‘lish
Kompaniyalar xabarlari
Katta Halqa yo‘li uzunligi 70 km bo‘lib, u denyodagi eng uzun metro halqa yo‘liga aylandi.
TOShKENT, 2 mar – Sputnik. Bahorning birinchi kunida Moskva metropolitenida yangi Katta halqa yo‘li ishga tushdi.
Yangi Katta halqa yo‘lining (KHY) uzunligi 70 km bo‘lib, u denyodagi eng uzun metro halqa yo‘liga aylandi. Katta halqa yo‘lida 31ta stansiya, 3ta elektr depo joylashgan.
BKL
BKL - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2023
BKL
Katta Halqa yo‘li rekord darajadada qisqa vaqt ichida qurib bitkazildi - jami 10-yil. KHYning dastlabki bo‘lagi 2018-yilda ochilgan bo‘lsa, ikkinchi navbati 2021-yilda va 10ta stansiyadan iborat uchinchi bo‘lagi - 2023-yil 1-mart kuni ochildi.
Katta halqa yo‘lining ochilish marosimida Rossiya prezidenti Vladimir Putin (masofaviy) va Moskva meri Sergey Sobanin ishtirok etishdi.
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishOtkritie Bolshoy kolsevoy linii moskovskogo metro
Otkritie Bolshoy kolsevoy linii moskovskogo metro  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2023
Katta halqa yo‘li barcha radial metro yo‘llari bilan tutashgan. Yo‘lovchilar qulayligi maqsad KHY bilan bir vaqtda 47ta boshqa transport va yo‘nalishlarga o‘tish joylari qurib bitkazilgan.
© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishOtkritie Bolshoy kolsevoy linii moskovskogo metro
Otkritie Bolshoy kolsevoy linii moskovskogo metro  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2023
Metroning ushbu yo‘nalishi Moskvaning 3,3 million aholi yashaydigan 34ta tumanini kesib o‘tadi. Bu shaharning 30% aholisi. Yangi metro yo‘nalishi ochilishi bilan 1,2 mln moskvaliklar uyi yaqinida metro bekatlari paydo bo‘ldi. Yangi halqa yo‘li moskvaliklarning kunlik transportga sarflayotgan vaqtini 45 daqiqagacha qisqartirishi kutilmoqda.
Metroning yangi bekatlari zamonaviy texnik yechimlar va an’anavaiy Moskva metrosiga xos dizayn uslubida qurilgan. Undagi har bir bekatning o‘ziga xosligini ko‘rish mumkin.
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishVxodnoy pavilon stansii "Marina Rosha" Bolshoy kolsevoy linii Moskovskogo metro.
Vxodnoy pavilon stansii Marina Rosha Bolshoy kolsevoy linii Moskovskogo metro. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2023
Ma’lumot uchun Moskva metrosi, 1930-yillarda qurilishi boshlangan bo‘lib, eng boshidanoq metro yo‘nalishlari uchun radial va halqa yo‘llar tizimi tanlangan. Bugungi kunda Moskva metrosida 15ta radial yo‘nalishlar va 3ta halqa yo‘nalish ishga tushgan: Sadovoe halqa yo‘li, Markaziy halqa yo‘li va Katta halqa yo‘li. Metro yo‘nalishlar uzunligi 400 kmdan ortiq, stansiyalar soni esa 300dan ortiq. Moskva metrosi har kuni 9 milliondan ortiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0