Branskda diversantlar bir necha kishini garovga oldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishSovmestnaya rabota Rosgvardii i FSB v zone SVO
Sovmestnaya rabota Rosgvardii i FSB v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2023
Obuna bo‘lish
Ukrainalik diversantlar Rossiyaning Bransk viloyatiga o‘tib tinch aholini garovga olgan.
TOShKENT, 2-mart - Sputnik. Bransk viloyatida bir necha mahalliy aholi garovga olindi, deb xabar berdi “RIA Novosti”ga favqulodda xizmatlar vakili.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lyubechane qishlog‘idagi do‘konda bir necha kishi garovga qo‘lga olingan”, — dedi manba.

FSBning Jamoatchilik bilan aloqalar markazi Bransk viloyatining Klimovskiy tumanida “davlat chegarasini buzgan qurolli ukrainalik millatchilarni yo‘q qilish choralari ko‘rilayotganini” tasdiqladi. Operatsiya Mudofaa vazirligi kuchlari bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Bugun ertalab viloyat gubernatori Aleksandr Bogomaz ukrainalik diversantlar Lubechane qishlog‘iga bostirib kirganini ma’lum qilgan edi. Ular yo‘lovich mashinani o‘qqa tutishi natijasida bir nafar mahalliy aholi vakili halok bo‘lgan va bir bola yaralangan.
Yangiliklar lentasi
0