Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan chegirma e’lon qildi

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishBoing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bo‘ylab 18-martdan 22-martgacha mahalliy aviaqatnovlarining ekonom va bizness klass tariflarida chiptalarni 21% chegirma bilan sotib olish mumkin.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan chegirma e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston bo‘ylab 18-martdan 22-martgacha mahalliy aviaqatnovlarining ekonom va bizness klass tariflarida chiptalarni 21% chegirma bilan sotib olish mumkin.

Chegirma shartlari quyidagicha:

Chegirmalarni birlashtirish (bolalarniki bundan mustasno) taqiqlanadi;
Yuqoridagi chegirmalar 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun (INF) amal qilmaydi;
2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 25% bolalar chegirmasiga qo‘shimcha ravishda 21% chegirma taqdim etiladi;
Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keyingi kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi.
Shuningdek, to‘liq foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachiptalarni qayta rasmiylashtirganda, agar jo‘nash sanalaridan biri chegirma tugagan vaqtdan keyinga to‘g‘ri kelmasa, to‘liq tarif darajasiga chegirmalar qo‘llanilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0