Jo Baydenning ahvoli AQShga tahdid solmoqda – shifokor

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2023
Obuna bo‘lish
Oq uyning sobiq shifokori Ronni Jeksonning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat uchun Baydenning bosh qo‘mondon bo‘lishi dahshatli.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Baydenning ahvoli Amerikaga tahdid solmoqda. Bu haqda Oq uyning sobiq shifokori, respublikachi kongressmen Ronni Jekson ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Ronni Jeksonning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat uchun Baydenning bosh qo‘mondon bo‘lishi dahshatli.
“Yarim vaqt u qayerda ekanligini bilmaydi va har kuni bizni Rossiya va Xitoy bilan umumiy urushga yaqinlashtirmoqda", - deb yozdi Jekson.
Oq uyning sobiq shifokoriga ko‘ra, Amerika prezidentining "kognitiv funksiyalarining pasayishi" tufayli insonlar vafot etishi mumkin.
Avvalroq u AQSh ma’muriyati Baydenning sog‘lig‘i haqidagi haqiqatni yashirayotgani va bu "tashvishli" ekanligini aytgandi.
Yangiliklar lentasi
0