https://oz.sputniknews.uz/20230227/transport-vazirligi-evropaga-avtotransportda-yuk-tashuvchilarni-ogohlantirdi--32532519.html
Transport vazirligi Yevropaga avtotransportda yuk tashuvchilarni ogohlantirdi
Transport vazirligi Yevropaga avtotransportda yuk tashuvchilarni ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Milliy tashuvchilardan Yevropa mamlakatlariga yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida ushbu holatni inobatga olishlari so‘ralgan. 27.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-27T13:13+0500
2023-02-27T13:13+0500
2023-02-27T13:13+0500
jamiyat
yevropa
transport vazirligi
polsha
belarus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/99/42/994229_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_0703ae1989bb4d1701be716cebf40325.jpg
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Polsha Ichki ishlar vazirligining tegishli qarori bilan 21-fevraldan Belarus bilan Kukuriki – Kozlovichi chegara nazorat o‘tkazish punkti orqali barcha yuk avtotransport vositalari harakati ikki tomonlama (kirish-chiqish) vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.Yevropa Ittifoqiga va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasiga a’zo mamlakatlarda ro‘yxatga olingan yuk avtotransport vositalari bundan mustasno.Ta’kidlanishicha, yuqoridagi holat natijasida hozirda ushbu chegara nazorat o‘tkazish punktida xorijiy mamlakatlar yuk tashuvchilarining transport vositalari to‘planib qolgan.Shu munosabat bilan milliy tashuvchilardan Yevropa mamlakatlariga yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida ushbu holatni inobatga olishlari so‘ralgan.Yevropa davlatlariga yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan milliy tashuvchilarda ushbu vaziyat yuzasidan savollar tug‘ilganda quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin: +998 71 202 05 01 (114), +998 97 709 16 00.
yevropa
polsha
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/99/42/994229_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_a753888ae22c27bda86b15f8dd46698b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yevropa, transport vazirligi, polsha, belarus
jamiyat, yevropa, transport vazirligi, polsha, belarus
Transport vazirligi Yevropaga avtotransportda yuk tashuvchilarni ogohlantirdi
Milliy tashuvchilardan Yevropa mamlakatlariga yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida ushbu holatni inobatga olishlari so‘ralgan.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Polsha Ichki ishlar vazirligining tegishli qarori bilan 21-fevraldan Belarus bilan Kukuriki – Kozlovichi chegara nazorat o‘tkazish punkti orqali barcha yuk avtotransport vositalari harakati ikki tomonlama (kirish-chiqish) vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati
ma’lum qildi. Yevropa Ittifoqiga va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasiga a’zo mamlakatlarda ro‘yxatga olingan yuk avtotransport vositalari bundan mustasno.
Ta’kidlanishicha, yuqoridagi holat natijasida hozirda ushbu chegara nazorat o‘tkazish punktida xorijiy mamlakatlar yuk tashuvchilarining transport vositalari to‘planib qolgan.
Shu munosabat bilan milliy tashuvchilardan Yevropa mamlakatlariga yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida ushbu holatni inobatga olishlari so‘ralgan.
“Hozirda o‘zbek milliy tashuvchilari yuk transport vositalarini Litva chegara nazorat o‘tkazish punktlari orqali to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlash yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Yevropa davlatlariga yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan milliy tashuvchilarda ushbu vaziyat yuzasidan savollar tug‘ilganda quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin: +998 71 202 05 01 (114), +998 97 709 16 00.