To‘p yemi: Ukraina yaqinda sudlangan mahbuslarni frontga jo‘natmoqda - video

Obuna bo‘lish
Artemoskda qurbon bo‘lgan ukrain askari yonidan bir hafta oldin qamoq jazosiga mahkum etilgani haqidagi hujjat topildi.
TOShKENT, 27 fev - Sputnik.Kiyev Artemovskda birinchi mudofaa chizig‘iga yaqinda sudlangan mahbuslarni jo‘natmoqda.
Bu haqida Artemovskda qurbon bo‘lgan ukrain askarlari yonida topilgan hujjatlardan ma’lum bo‘ldi. Hujjatda aytilishiga ko‘ra, jangchi 15-fevral kuni, qayta o‘g‘irlik sodir etgani uchun 5-yilga qamalgan va 17-fevral kuni frontga yuborilgan. 21-fevralda esa u artilleriya zarbasidan qurbon bo‘lgan.
Ya’ni, Ukraina hukumati yangi sudlanganlarni hech qanday tayyorgarliksiz, frontning eng oldingi saflariga yubormoqda. Ular ema osongina "to‘p yemi" bo‘lmoqda.
Ukraina qurolli kuchlarining eng yaxshi tayyorlangan elita bo‘linmalari esa, Artemovskni qurshovga olish xavfi paydo bo‘lganida shaharni tark etishgan va ayni damda "o‘t o‘chiruvchilar" kabi faqat vaziyat keskinlashganda janglarga aralashmoqda, deb hikoya qiladi "Vagner" guruhi askari RIA Novostiga.
Batafsil videolavhada tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0