Qirg‘iziston va Tojikistonda zilzilalar sodir bo‘ldi

© AFP 2023 / OLIVIER MORINSeysmograf
Seysmograf - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2023
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda Toshkent vaqti bilan 02:42 va 04:58 da zilzila sodir bo‘ldi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Bugun, 27-fevral kuni Qirg‘iziston va Tojikistonda zilzilalar sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘izistonda Toshkent vaqti bilan 02:42 (Grinvich bo‘yicha 26-fevral 21:42 da) va 04:58 da (Grinvich bo‘yicha 26-fevral 23:58 da) zilzila sodir bo‘ldi.
Birinchi sodir bo‘lgan zilzila koordinatalari: 42 gradus shimoliy kenglik; 79,7 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 875 km shimoliy-sharqda.
Ikkinchi zilzila koordinatalari: 41,72 gradus shimoliy kenglik; 74,64 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 454 km shimoliy-sharqda.
Shuningdek, Toshkent vaqti bilan 07:41 (Grinvich bo‘yicha 02:41 da) va 08:01 da (Grinvich bo‘yicha 03:01 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Birinchi sodir bo‘lgan zilzila koordinatalari: 38,01 gradus shimoliy kenglik; 73,23 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 162 km. Zilzila episentri Toshkentdan 499 km janubiy-sharqda.
Ikkinchi zilzila koordinatalari: 38,04 gradus shimoliy kenglik; 73,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 147 km. Zilzila episentri Toshkentdan 492 km janubiy-sharqda.
Yangiliklar lentasi
0