O‘quv markazlarida IT sohasini o‘rganish uchun ta’lim krediti beriladi

© Pexels / ThisisengineeringTexnologiya
Texnologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2023
Obuna bo‘lish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandlari uchun garov va kafillik talab etilmaydi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekistonda o‘quv markazlarida IT sohasini o‘rganish uchun ta’lim krediti beriladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Hukumatning tegishli qarori (№79, 27.02.2023y) bilan, nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, ta’lim krediti:
bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha (bugungi kunda 19 mln 500 ming so‘m) miqdorda;
Markaziy bankning asosiy stavkasida (bugungi kunda 15%);
bir yillik imtiyozli davr bilan 4-yil muddatga;
har yili 5 ming nafargacha yoshlarga beriladi.
Qayd etilishicha, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandlari uchun garov va kafillik talab etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 1-apreldan boshlab IT ta’lim markazlari va ularning bitiruvchilari uchun yangi sharoitlar yaratiladi. Jumladan, IT sertifikati bor yoshlarga kompyuter xaridi uchun 7,5 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit hamda Mahallabay ishlash va Yoshlar agentliklari, Bandlik jamg‘armasi tomonidan berilayotgan subsidiya ularning shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
Yangiliklar lentasi
0