Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 27-fevralning asosiy xabarlari

© AP PhotoVid goroda Artemovska (Baxmuta).
Vid goroda Artemovska (Baxmuta). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari maxsus harbiy operatsiyanining so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi bayonoti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi LXRning Novoselovskoe, Xarkov viloyatining Dvurechnaya, Granikovka, Masutovka, Olshana, Liman Perviy va Sinkovka aholi punktlari hududlarida dushmanning ishchi kuchi va texnikasiga zarba berishdi. Kun davomida 70 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar mashina va ikkita avtomobil yo‘q qilindi.
Krasno-Limansk yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi DXRning Yampolovka va LXRning Torskoe, Chervonopopovka, Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida UIK bo‘linmalariga zarba berini natijasida dushmanning kunlik yo‘qotishlari 140 nafar harbiy xizmatchilar, uchta zirhli jangovar texnika, uchta avtomashina, "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasini va D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Donetsk yo‘nalishida "Janubiy" kuchlar guruhi hujum operatsiyalarini davom ettirishi natijasida 250 dan ortiq ukrainalik harbiylar, ikkita tank, to‘rtta zirhli jangovar mashinalar, beshta mashina va bir D-gaubitsa yo‘q qilindi.
Artemovsk shahri yaqinida UQKning 72-mexanizatsiyalashgan brigadasi o‘q-dorilar omboriga zarba berildi. DXRning Novomarkovo aholi punkti hududida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-37 artilleriyaga qarshi radari yo‘q qilindi.
Janubiy-Donetsk va Zaporoje yo‘nalishlarida "Vostok" qo‘shinlari guruhi DXRning Ugledar Nikolskoe, Prechistovka aholi punktlari va Zeleniy Gay hududlarida Ukraina Qurolli kuchlariga zarba berishi natijasida dushmanning 95 nafar harbiy xizmatchisi, bitta tanki, uchta zirhli jangovar mashinasi, bir yengil avtomobili, uchta pikapi va D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Shuningdek Zaporoje viloyatining Chervonoe qishlog‘i yaqinida o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi
Xerson yo‘nalishida kuniga 60 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, to‘rtta avtomashina va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Nikolayev viloyatining Snigirevka qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 63-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriyasi bir sutkada UQKning 173 ta hududda joylashgan 98ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
Kiyev viloyatining Brovari aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining elektron razvedka markaziga zarba berildi. Xmelniskiy shahri hududida "G‘arbiy" maxsus operatsiyalar tezkor markaziga zarba berildi.
Bundan tashqari, Andreyevka aholi punkti hududida Ukrainaning "Buk-M1" zenit-raketa majmuasining o‘ziyurar qurilmasi yo‘q qilindi va DXRning Dobropole aholi punktida 36D6 past uchadigan havo nishonlarini aniqlash uchun radar stansiyasi yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari bir kun ichida HIMARS ko‘p raketa tizimining to‘rtta raketasini urib tushirdi. Bundan tashqari, LXRning Kremennaya, Stelmaxovka, DXRning Kremenes, Novoandreyevka va Xerson viloyatining Krinki aholi punktlari hududlarida Ukrainaning beshta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan Ukrainaning 390 ta samolyoti, 211 ta vertoloti, 3248 ta uchuvchisiz uchish apparati, 406 ta zenit-raketa majmuasi, 8058 ta tanki va boshqa zirhli jangovar texnikalari, 1045 ta ko‘p sonli raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 4228 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8574 dona maxsus harbiy texnikasi yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0