Britaniya Rossiyaga qarshi urushga oshiqmoqda

© © AFP 2023 / PAUL FAITHRishi Sunak osmatrivayet PTRK NLAW, podgotovlenniy dlya otpravki na Ukrainu
Rishi Sunak osmatrivayet PTRK NLAW, podgotovlenniy dlya otpravki na Ukrainu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2023
Obuna bo‘lish
Angliya har qanday buzg‘unchilikni mohirona olib borishni biladi: boshida imkon qadar yordam beradi, bir vaqtning o‘zida xufiyona suiqasd yoki boshqa bir fitna amalga oshiradi, lekin birovning qo‘li bilan. Aybdorni hamma bilsa-da, rasman inglizlarning bunga aloqasi yo‘qdek ko‘rinadi.
TOShKENT, 27 fev - Sputnik. G‘arb mamlakatlarining maxsus harbiy operatsiyaning bir yilligi munosabati bilan o‘tkazayotgan tadbirlari Ukraina TIV rahbari Kulebaning anchagina qizishib ketganini ko‘rindi.
U o‘z anonsida : “Buyuk voqealar kutilyapti, ko‘p siyosiy ogohlantirishlar, sanksiyalar, qurollar borasida qarorlar bo‘ladi, birdamlik ramzlari bo‘ladi va bularning hammasi barcha darajalarda amalga oshiriladi. Rossiya bir yillikni qanday nishonlaganini eslab qoladi” deya ta’kidlagan edi.
Haqiqatda esa ramziy ishoralar va bir nechalik sanksiyalar paketi dunyoni larzaga keltirmadi, va mart oyiga kelib butunlay unutiladi ham. Ammo, adolatli bo‘laylik: ingliz tarixini yaxshi ko‘radiganlar uchun Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Tokioda bo‘lib o‘tgan G7 rahbarlarining selektor yig‘ilishi boshlanishidan oldin bergan takliflari haqiqatan ham yangi va hatto hayratlanarli edi.
Sunak devoni shunday bayonot tarqatdi: “Bosh vazir xalqaro hamkorlarni Ukrainaga Rossiya kuchlariga front liniyasiga zarar yetkazishda yordam berishga chaqiradi”. Ya’ni Rossiya orqa chiziqlariga zarba berishga.
Qolaversa, “front ortida” so‘zi - keng tushuncha. Masalan, agar hamkorlar rozi bo‘lsa, Yaponiya Rossiyaning Uzoq Sharqiga, Kanada esa Arktikadagi hududlariga zarar yetkazadi. Axir bu Ukrainaga yordam beradi. Chunki Rossiya kuchlarining bir qismi boshqa yo‘nalishlariga jo‘natadi, keyin esa, hozirgi harbiy harakatlar teatrida faol Rossiya shtiklari kamayadi.
Ta’kidlash lozimki, hozirgacha Kiyevga qurollar yetkazib berish haqida gapirayotgan hamkorlar hamkorlar tan oladigan Rossiya hududlariga bomba va raketa zarbalari kerak emasligini ta’kidlashmoqda. Orlov va Tula viloyatlari, Krasnodar va Stavropol o‘lkalarini bombalash mumkin emas.
To‘g‘ri, g‘arblik hamkor o‘z so‘zlariga javob beradi. Xohlasa beradi, xohlamasa qaytarib oladi. Yoki hech nima bo‘lmagandek tutadi o‘zini. NATOni Sharq tomon kengaytirmaslik haqida bergan va’dalariga qarang.
Biroq, hozir Angliyaning o‘zi ochiq matnlar bilan hattoki, maxfiy muzokaralar xonasida ham emas, balki ommaviy tarzda qandaydir va’dalar va qasamodlardan tiyilishni afzal ko‘radi va boshqalarni ham shunga chaqiradi. Xuddi Boltiqbo‘yi respublikalari vakillari kabi, hech nimadan qo‘rqishmaydi.
Albatta, boltiqbo‘yidagilar bugungi kunda katta o‘g‘rilar oldida xuddi havaskorlar rolini ijro etishmoqda – paxanning “Nega sen kichiklarni xafa qilyapsan” degan oliyjanob munosabat javobini eshitish uchun gij-gijlamoqda. Ehtimol, Britaniya ham havaskor jinoyatchiga aylanmoqchi, ammo bu kuchli evolyutsiya (aniqrog‘i -devolyutsiya)
Chunki uzoq vaqtlardan buyon “Katta o‘yin” (muallif - Kipling) va unga sinonimik “Ingliz xonimi rasvo qilmoqda” (“Anglinchanka gadit”) - xali tilida Buyuk Britaniyaning Rossiyaga qarshi tashqi siyosiy harakatlarini anglatuvchi ibora. Ushbu iboraning muallifi sifatida ko‘plab insonlar, jumladan Suvorov ham ko‘rsatiladi. Ammo buzg‘unchilik qilishayotgan o‘yin, orolliklar juda ustomon bo‘lgan ikkiyuzlamachilikning barcha qonun-qoidalari bo‘ylab o‘tkazib kelingan.
Mana, kichik Pitt davrida qanday buzg‘unchilik qilishgan edi. 1800-yilning 24-dekabr kuni Parijning Sen-Nikez ko‘chasida portlash sodir bo‘lgan. Aytishlaricha, mast kucherning otlarni katta tezlikda boshqargani Napoleonni saqlab qoladi. 1801-yil birinchi mart kuni katta o‘yin ancha muvaffaqiyatli o‘tadi. Imperator Pavel I ning Mixaylovsk qasrida apopleksiya zarbasiga uchraydi. Buni Angliyaning Sankt-Peterburgdagi elichisi lord Uitvord uyushtirgan bo‘ladi. G‘azablangan Bonapart Rossiyadan xabarni eshitgan zamon: "Parijda inglizlarning menga o‘qi xato ketgan edi. Ammo Peterburgda unday bo‘lmadi”, - deya baqiradi.
Shunga qaramay, taniqli tarixchimiz Tarl aytganidek, “Angliya hukumati bu ishni juda nozik tarzda olib borishni xohlagan”. Eng yaxshisi, 1801-yilda Hindistonga yo‘l olgan Pavel Petrovichga uyushtirgandek yo‘l tutish: ya’ni imkon qadar ishga yordam berish, keyin tegishli ta’ziyalarni to‘g‘ri bildirish imkoniyatiga ega bo‘lish, chunki bir vaqtlar rus podshosining yotoqxonasida boshiga tushgan “apopleksiya” uchun qayg‘u bildirilgan.
Ya’ni hamma hamma narsani bilib tursa-da, rasman inglizlarning bunga aloqasi yo‘q edi.
Albatta, oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. 1853-1856 yillarda Qrim urushida demokratik Turkiyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilgan inglizlar nafaqat Sevastopol yaqinida jang qilishdi, balki Kronshtadt, Soloveskiy orollari va hatto Petropavlovsk-Kamchatskiyga ham hujum qilishgan. Ko‘p muvaffaqiyatli bo‘lmasada, masalan, Petropavlovskda dengizchilar garnizoni tomonidan butunlay mag‘lubiyatga uchradilar.
Ammo bu yagona urush edi, unda har qanday joyda janubiy tog‘lardan shimoliy dengizlargacha dushmanga qarshi diversiya uyushtirish mumkin edi.
Endi esa Britaniyaning bosh vaziri qurolli diversiyalar uyushtirmoqchi hattoki urush e’lon qilish bilan ham hayallayotgani yo‘q. Ammo, albatta vaziyatning qaltisligini anglagan holda, u diversiyalar uchun ham nemislar, ham italyanlar, ham koalitsiya mamlakatlari diversiyalarga javobgar bo‘lishi uchun Katta yettilik mamlakatlarini bitta doiraga kiritmoqchi.
Qrim urushida vikont Palmerston haqiqiy sarkardardalik g‘ayratini namoyish etgan. Bugun vikont Sunakning ham g‘ayrati undan qolishmaydi.
Yangiliklar lentasi
0