O‘zbekiston 10,7 mln dollarlik qalampir eksport qildi

© Pixabay / Pixabay/JillWellingtonKayenskiy peres krasniy peres ostriy peres
Kayenskiy peres krasniy peres ostriy peres - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2023
Obuna bo‘lish
Eksport hajmi 2021-yil bilan solishtirilganda 7,5 ming tonnaga kamaygan.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. 2022 yilda O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.
Eksport hajmi 2021-yil bilan solishtirilganda 7,5 ming tonnaga kamaygan.
2022 yilda O‘zbekiston qalampir mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 8,1 ming tonna;
Qirg‘iz R. – 1,3 ming tonna;
Rossiya – 947,5 tonna;
Germaniya – 340 tonna;
AQSh – 311 tonna;
Ukraina – 288 tonna;
Tojikiston – 205,7 tonna;
Gruziya – 123 tonna.
Shuningdek, 2022-yilda xorijga eng ko‘p qalampir eksport qilgan hududlar:
Farg‘ona viloyati – 3 ming tonna;
Surxondaryo viloyati – 2,6 ming tonna;
Xorazm viloyati – 1,2 ming tonna.
Yangiliklar lentasi
0